Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Dolzarb

Yusuf bin Solih al-Gahra al-Utaybiy: O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga Saudiya Arabistoni alohida ahamiyat beradi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi munosabati bilan ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchisi Yusuf bin Solih al-Gahra al-Utaybiy “Dunyo” axborot agentligi muxbiri savollariga javob berdi.


- Suhbatimiz ibtidosida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va uning istiqbollari haqida so‘zlab bersangiz...

- Saudiya – O‘zbekiston aloqalari keyingi yillarda bir qator sohalarda sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Yuqori martabali masʼullar o‘rtasida o‘zaro tashriflar bilan almashuvlar hamkorlik darajasi va aloqalarni yana-da kengaytirish hamda faollashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunday tashriflar orasida Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon Hazrati Oliylarining 2021 yil iyunida O‘zbekistonga tashrifi, Prezident Janobi Oliylari va yuqori martabali masʼullar bilan uchrashuvlari alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, investitsiya vaziri Holid al-Folih Janobi Oliylari 2021 yilning boshlarida va 2022 yilda birinchi investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurib, Prezident Janobi Oliylari va yuqori martabali masʼullar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.  2021 yilning iyunida Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, ikki tomonlama aloqalar doirasida Saudiya Arabistoni  – O‘zbekiston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi yig‘ilishlarining bir necha davralari, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari va ishbilarmonlar forumlari tashkil qilindi. Mazkur anjumanlar hamkorlik darjasini yuksaltirish va savdo ayirboshlash hajmlarini oshirishga xizmat qilishiga aminmiz. Xususan, savdo ayirboshlash hajmi salohiyatlarimiz darajasiga hali to‘la mos kelmaydi. Uning ko‘rsatkichlari bundan buyon sezilarli darajada oshishiga umid qilamiz.  

- Qaysi sohalarda faol hamkorlik mavjud? Hozirgi paytda qanday loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda va bu borada  kelgusidagi rejalar qandayligi haqida ham bilishni istar edik...

- Saudiya Arabistonining qator kompaniyalari O‘zbekistonda bir qancha yo‘nalishlar, jumladan, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, investitsiya va boshqa sohalarda sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi. Shu bois ayrim sohalarda qator bitimlar va Anglashuv memorandumlari imzolandi.

Xususan, “Akwa Power” kompaniyasi O‘zbekistonga taxminan 2,6 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritmoqda. Shuningdek, kelgusida O‘zbekiston bilan yana 2 milliard AQSH dollari hajmidagi loyihalarni amalga oshirish asnosida o‘zaro hamkorligimiz ko‘lamini yana-da kengaytirish mo‘ljallanmoqda.

- Maʼlumki, Islom merosi nuqtai nazaridan Saudiya Arabistoni ham, O‘zbekiston ham dunyoda dovrug‘ taratgan. Shu haqdagi fikrlaringizni ham o'rtoqlashsangiz...

- Shubha yo‘qki, Islom merosi mamlakatlarimizda katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro mushtarakliklar aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Podshohlik ham, O‘zbekiston ham Islom tarixidagi ulkan hissalari bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda Islom tarixida muhim o‘rin tutgan shaharlar joylashgan. Imom Buxoriy, Xorazmiy, Beruniy, Imom Termiziy kabi buyuk olimlar Islom va dunyoviy ilm–fan rivojiga katta taʼsir ko‘rsatgan. O‘zbekistonda ko‘p tarixiy maskanlar joylashgan, yangi ilm-fan o‘choqlari bunyod etilmoqda. Ular orasida Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasi va boshqa muhim qadamjolar bor.

O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga Saudiya Arabistoni Podshohligi alohida ahamiyat beradi.

Hozirgi paytda turizm sohasida aloqalarimiz tobora ravnaq topmoqda. Bu soha har ikki mamlakat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasida mamlakatlarimiz katta salohiyatlarga ega bo‘lib, dunyoning barcha davlatlaridan sayohatchilarni o‘ziga jalb etadi. Podshohlikning “2030 yilga nazar” strategiyasi va Yangi O‘zbekistonning  2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi ikki mamlakat hamkorligi darajasini yana-da yuksaltiririshga asos bo‘ladi.

2020 yilga qadar YUNESKO tomonidan eʼtirof etilgan Saudiya Arabistoni yodgorliklari soni 5 taga yetdi. Bu esa butunjahon tarixiy merosini saqlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

- Bu yil o‘zbek xalqi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan o‘zbek xalqiga qanday tilaklar bildirishni istar edingiz?

- O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari, O‘zbekiston hukumati va qardosh o‘zbek xalqiga eng samimiy tabriklarim  va eng ezgu tilaklarimni yo‘llar ekanman, bardavom taraqqiyot va farovonlik tilayman. O‘zbekistonni osoyishtalik va barqarorlik neʼmati sira tark etmasin.

Shuningdek, bu yil Saudiya Arabistoni Podshohligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgani munosabati bilan barcha sohalarda o‘zaro munosabatlarni birgalikda rivojlantirish va mustahkamlash istagimizda sobit ekanligimizni taʼkidlashni  istar edim.

Mavzuga oid

Rasmiy: O‘zbekistonda xorijiy aviakompan...

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida ayrim xorijiy aviakompaniyalar ...

Malayziyadan munosabat: O‘zbekiston rahb...

Malayya universitetining xalqaro va strategik tadqiqotlar kafedrasi mudiri Roy Entoni Ro...

Saudiyalik tadbirkor O‘zbekiston bilan t...

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov xususiy tadbirkor Said Or...

So`nggi yangiliklar