Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Sentabr/2021   Sayyohlik

YUNVTO Bosh kotibi: O‘zbekiston pandemiya davrida turizm sohasiga sarmoya kiritishni davom ettirayotgan kam sonli davlatlardan biridir


MADRID, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar texnik yordamni jalb qilish, xususan, sayyohlik sohasida statistika, barqaror turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirishni yaxshilash bo‘yicha XXR-YUNVTO «Janubiy-Janubiy hamkorlikka ko‘maklashish jamg‘armasi» (China-UNWTO South-South Cooperation Assistance Fund)ning «Bir sayyora» texnik yordam loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv chog‘ida Bosh kotibga O‘zbekistonda sayyohlik sanoatini tubdan isloh qilish, sayyohlikni barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatni modernizatsiya qilishning muhim vositasiga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi turizm sohasiga salbiy taʼsir ko‘rsatganini inobatga olib, hukumat tomonidan turizm bozori ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, soha faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar hayotga tadbiq etilgani qayd qilindi. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan sanitariya-epidemiologiya xavfsizlik standartlari bo‘yicha  «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» loyihasi orqali sayyohlar O‘zbekistonga safar qilishlari mumkin.

O‘z navbatida, YUNVTO Bosh kotibi turizm industriyasi faol rivojlantirilayogani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik ixhor etdi. «O‘tgan besh yil mobaynida O‘zbekiston Prezidenti milliy turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni yaratib berdi, dedi Zurab Pololikashvili. Respublikada sayyohlik sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston pandemiya davrida turizm sanoatiga sarmoya kiritishni davom ettirayotgan sanoqli davlatlardan biridir».

Suhbatdosh tashkilotning O‘zbekiston sayyohlik sanoatini rivojlantirishga har tomonlama yordam ko‘rsatish va mamlakatimizning milliy va global turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini ham tasdiqladi.

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston 1993 yilda YUNVTOga  aʼzo bo‘lgan. Respublika tashkilot faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning YUNVTO bilan hamkorligidagi muhim tadbirlardan biri  2014 yil 30 sentyabr – 4 oktyabr kunlari Samarqand shahrida tashkilot Ijroiya qo‘mitasining 99-sessiyasi o‘tkazildi.

Mavzuga oid

BAA aviakompaniyalari O‘zbekistonga parv...

O‘zbekiston Transport vazirligida BAA aviatsiya maʼmuriyati vakillari bilan muzokaralar bo...

Avstriyaning “Granatapfel” jurnalida O‘z...

Avstriyaning “Granatapfel” jurnalida O‘zbekistonning turistik salohiyati haqida maqola nas...

Xivada BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda...

Joriy yil 29 aprel kuni mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi tasha...

So`nggi yangiliklar