Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

YUNESKODA o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq anʼanalari taqdim etildi

PARIJ, 27-may. /“Dunyo” AA/. 25 may kuni Fransiya poytaxtida joylashgan YUNESKO qarorgohida 21 may - Xalqaro choy kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Xitoy, Koreya Respublikasi, Vyetnam, Bangladesh, Hindiston, Kolumbiya, Indoneziya, Shri-Lanka, Nepal, Braziliya, Tanzaniya va Keniyaning doimiy vakolatxonalari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchi mamlakatlar xalqlarining madaniyati va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan milliy stendlar, jumladan, moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.  Ko‘rgazmada turli xalqlarning azaldan avloddan avlodga o‘tib kelgan choy ichish anʼanalari va marosimlari taqdim etildi.

O‘zbekiston vakillari Toshkentda qadoqlangan choy navlari, Marg‘ilon adrasidan tayyorlangan aksessuarlar to‘plami va sopol idishlar, xususan, rang-barang piyolalarni namoyish etdilar. Ishtirokchilar respublikamizning turli hududlarida choy ichish tarixi va anʼanalari, madaniy va boshqa xususiyatlari bilan batafsil tanishtirildi.

Mamlakatimizning boy sayyohlik va gastronomik salohiyati alohida taqdim etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Hindistonning Telang...

O‘zbekiston va Hindiston hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantiris...

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ilm...

O‘zbekistonning Dehlidagi elchisi Dilshod Ahatov nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan inn...

Ozarbayjonlik siyosatshunos olim JIDU t...

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ko‘magida “Janubiy Kavkaz” siyosatshunoslar klu...

So`nggi yangiliklar