Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekistondagi umumjahon merosi obyektlarining boshqarilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

PARIJ, 18-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakili Umid Shodiyev mazkur tashkilot bosh direktorining madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ernesto Ottone va Umumjahon merosi markazining direktori Lazar Elondou bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda umumjahon merosi obyektlarining saqlanishi holatiga doir masalalar ko‘rib chiqildi. YUNESKO vakillari O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatning umumjahon merosi obyektlarini muhofaza qilish, targ‘ib qilish va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlari bilan tanishdilar. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-2019 yillarda Parij va Samarqand shaharlarida YUNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi alohida qayd etildi.

Shu nuqtai nazardan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi YUNESKO madaniy merosi obyektlari bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘llari muhokama qilindi. Qo‘mita tarkibidan IKOMOSning taʼmirlash, rejalashtirish, saqlash va arxitektura yo‘nalishlaridagi eng mashhur xalqaro mutaxassislari joy oldi.

YUNESKO vakillari O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikning bugungi darajasiga yuqori baho berishgani barobarida birgalikdagi  vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish uchun faol hamkorlik ishlariga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakili o‘...

Kecha Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida o‘rta darajadagi daromadli mamlakat...

O‘zbekiston elchisi Janubiy Koreya mukof...

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy ...

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va...

Bugun O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vakillari ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘...

So`nggi yangiliklar