Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Dolzarb

Yevroparlament deputati Terri Mariani: O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining siyosati tufayli Markaziy Osiyo ijobiy o‘zgarishlar yo‘lidan bormoqda


BRYUSSЕL, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. Yevroparlament deputati Terri Mariani “Dunyo” axborot agentligi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5-6 dekabr kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi:

– O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.

Men O‘zbekiston va Qozog‘istonga bir necha bor tashrif buyurganman va hamisha Fransiya va Yevropa ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini targ‘ib qilganman.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi muhim strategik hamkorlari hisoblanadi.

Ikki davlat rahbarlarining mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosati, shuningdek, ushbu mamlakatlar tomonidan keyingi yillarda mintaqaviy hamkorlikka berilgan turtki tufayli Markaziy Osiyo ijobiy o‘zgarishlar yo‘lidan bormoqda.

Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi sheriklik uyg‘un rivojlanib borishiga ishonchim komil va bu borada zarur sa’y-harakatlarni qilishga tayyormiz.

Mavzuga oid

Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘r...

O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida ...

Belarusdan munosabat: Toshkentda o‘tgan ...

MDH Ijroiya qo‘mitasi portalida «O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlariga xavfsi...

Ozarbayjon - O‘zbekiston adabiy munosaba...

Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlarining oliy darajadagi, shuningdek, ikki davlat deleg...

So`nggi yangiliklar