Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Yevroparlament delegatsiyasi 3-5 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

BRYUSSEL, 30 mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Hakimov Yevropa parlamentning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi aʼzosi Rishard Charneski bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri


Uchrashuvda joriy yil 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Jamoatchilik tomonidan yuborilgan 200 mingdan ortiq takliflarning har biri sinchiklab o‘rganib chiqilgani, bunda xalqaro tajriba ham inobatga olingani, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, inson qadrini ulug‘lash islohotlar markaziga olib chiqilayotganligi taʼkidlandi.

Asoiy Qonun loyihasida inson huquq va erkinliklariga oid normalar soni 3,5 barobarga oshirilayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik holati va istiqbollari borasida ham batafsil fikr almashildi.

Rishard Charneski joriy yil 3-5 aprel kunlari Yevroparlament delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani va uning doirasida ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Tomonlar joriy yilda Toshkent va Bryussel shaharlarida bir qator qo‘shma tadbirlarni tashkil etish va ularni yuqori darajada o‘tkazishga kelishib oldilar.

Telegram uchun: Yevroparlament delegatsiyasi 3-5 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

 

O‘zbekiston elchisi Dilyor Hakimov Yevropa parlamentning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi aʼzosi Rishard Charneski bilan uchrashuv o‘tkazdi

Mavzuga oid

Jenevada Navro‘z ayyomi nishonlandi

eneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlar hu...

Fransiyaning markaziy mintaqasida O‘zbek...

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mamlakatimiz...

IT Park Uzbekistan va Malayziyaning yir...

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida Dasturiy mahsulotlar va axborot texno...

So`nggi yangiliklar