Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Media

Yevropadan munosabat: O‘zbekiston pandemiyadan oldingi davrda xorijiy investitsiyalar oqimining o‘sishi bo‘yicha mintaqaviy yetakchiga aylandi


BRYUSSEL, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi “Euractiv” media-portali bilan hamkorlikda ushbu nashrning Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasiga bag‘ishlangan maxsus sonini tayyorladi, xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maxsus nashr O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va islohotlarga bag‘ishlangan “Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston qurish – obyektiv zarurat”, “Tashqi ishlar vaziri: O‘zbekiston Afg‘oniston bilan pragmatik munosabatlarni olg‘a surmoqda”, “O‘zbekistonliklar o‘z Prezidentini qayta saylash uchun ovoz berdi”, “O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda”, “Yangi rivojlanish strategiyasi O‘zbekistonni ochiq va barqaror qilishdan iborat” sarlavhali beshta maqoladan tashkil topdi.

Bosh maqolada 24 oktyabr kuni 80 foizdan ko‘proq ovoz olib, O‘zbekiston Prezidenti yuksak lavozimiga qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev mamlakat tarixidagi shonli davrlar bilan qiyoslash mumkin bo‘lgan katta o‘zgarishlarni amalga oshirishda tashabbuskorlik qilayotgani qayd etilgan. Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida mamlakatimizda o‘tgan 30 yilda davlat qurilishi sohasida erishilgan yutuqlarni sanab o‘tib, so‘nggi yillardagi demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi saʼy-harakatlarga ham to‘xtalgani taʼkidlangan. O‘zbekiston Prezidentining Yangi O‘zbekiston va uning “Uchinchi Renessans” deb atalayotgan taraqqiyot bosqichi haqida fikr-mulohazalariga eʼtibor qaratilgan.

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi jahon merosi obektlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, deyiladi nashrda.

Xalqaro ekspertlar pandemiyadan oldingi davrda O‘zbekiston xorijiy investitsiyalar oqimining o‘sishi bo‘yicha mintaqaviy yetakchiga aylanganini taʼkidlamoqda, deya qayd etadi “Euractiv”. Xususan, 2019 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 2,3 barobarga oshib, 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu jarayonda Xitoy, Germaniya, AQSH va Rossiya faollik qilmoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Euractiv” nashriga bergan eksklyuziv intervyusida o‘z mamlakatining Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat, mintaqaviy hamkorlik va O‘zbekistonning “Uchinchi Renesans” strategiyasi haqida so‘zlab berdi.

Intervyuda O‘zbekistonda investitsiya, savdo, moliyaviy va texnik ko‘mak, fan-texnika, taʼlim, ekologiya, turizm, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash yevropalik hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi taʼkidlandi.

O‘zbekistonni Afg‘oniston xalqi bilan ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, mushtarak tarix, din, urf-odat va anʼanalar bog‘lab turishi qayd etildi. Afg‘onistonga nisbatan o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, ichki ishlarga aralashmaslik va o‘zaro manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan do‘stona siyosat olib borilmoqda.

Biz Afg‘onistonni bugungi og‘ir pallada yakkalab qo‘ymasligimiz va afg‘on xalqini eng jiddiy muammolari bilan yolg‘iz qoldirmasligimiz kerak, dedi TIV rahbari “Euractiv” nashriga bergan intervyusida.

 

Yevropadan munosabat: O‘zbekiston pandemiyadan oldingi davrda xorijiy investitsiyalar oqimining o‘sishi bo‘yicha mintaqaviy yetakchiga aylandi


“Euractiv” media-portali O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus son chop etdi

Mavzuga oid

O‘zbekistonning iqlim siyosati Yevropa m...

Yevropaning yetakchi internet-nashri «EU Reporter» sahifasida «O‘zbekistonning iqlim siyos...

Slovakiya gazetasi O‘zbekistonda energet...

Slovakiyaning «Finansovaya gazeta» nashri sahifasida O‘zbekiston energetika sohasi rivojla...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinin...

Saytning dizayni butunlay o‘zgargan, kontent jihatidan ham boyigan va qo‘shimcha qulaylikl...

So`nggi yangiliklar