Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Yanvar/2023   Dolzarb

Yevropadan munosabat: O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgani Markaziy Osiyoda yirik diplomatik yutuq bo‘ldi

 BRYUSSEL, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. «Diplomatic World» nashrining (Belgiya) loyihalar bo‘yicha menejeri Alberto Turkstra Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” AA uchun quyidagicha izohladi:


– O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi diqqat markazida o‘zaro kun tartibining suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, yangi infratuzilma loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilish va boshqa dolzarb masalalar turdi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgani Markaziy Osiyoda yirik diplomatik yutuq bo‘ldi, deb hisoblayman.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala – O‘zbekiston-Xitoy-Qirg‘iziston temir yo‘li qurilishi istiqbollari bo‘ldi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralar va tadqiqotlardan so‘ng mazkur loyiha bo‘yicha umumiy qarorga kelindi. Uch davlat rahbariyati ushbu yirik loyihani amalga oshirishda o‘zlarining siyosiy irodasini namoyon etmoqda. Temir yo‘l qurilishi O‘zbekiston va Qirg‘izistonning iqtisodiy, savdo, logistika va transport imkoniyatlarini bir necha barobar oshirish imkonini beradi.

Yana bir eʼtiborga loyiq jihat - Qambarota GES-1ni birgalikda barpo etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgani bo‘ldi. Bu tomonlarning turli dolzarb masalalarni hal qilishda konstruktiv va pragmatik yondashuvini namoyish etadi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya keng jamoatchiligi vakill...

Navro‘z bayrami munosabati bilan Janubiy Koreya keng jamoatchiligi vakillari o‘z qutlovlar...

O‘zbekistonlik yoshlar nemis kompaniyasi...

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Germaniyaning “Euro...

Yaponiya suv agentligi bilan o‘zaro hamk...

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov Yaponiyada bo‘li...

So`nggi yangiliklar