Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Yanvar/2022   Siyosat

Yetim bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mehr daftari» joriy etildi

TOSHKЕNT, 19-yanvar. /«Dunyo» AA/. Vazirlar Mahkamasining  tegishli qarori bilan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Mehr daftari» tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Ushbu hujjatga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida «Mehr daftari»ga kiritiladi va undan chiqariladi.

«Mehr daftari» tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.

2022 yil 1 fevralgacha mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.

O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho‘’balari «Mehr daftari»ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.

«Mehr daftari»ga ma’lumotlarning bevosita kiritilishini qo‘yidagi vazirlik va davlat tashkilotlari ta’minlaydi:

— Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uning tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari va Oilaviy bolalar uylari;

— Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uning tizimidagi Bolalar uylari;

— «SOS» – O‘zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasi tomonidan uning tizimidagi bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari to‘g‘risidagi;

— tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi.

Daftarga kiritilgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)lari tegishli tartibda o‘rganiladi.

«Mehr daftari»ga kiritilgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari quyidagilar tomonidan muvofiqlashtiriladi:

— tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish sho‘’basi tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda;

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda;

— Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basi va Milliy gvardiya tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda.

Hujjatga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lganda tegishli qaror asosida «Mehr daftari»dan chiqariladi.

Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart. Bandligi ta’minlanmagan holatlarda, «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi ta’minlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev Otaturk xotirasiga hu...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyu...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov BMT doimiy koordinatori, elchi H...

BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi...

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova Prezidentimiz Shavk...

So`nggi yangiliklar