Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Vatandoshlarimiz

Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari holidan xabar olindi

YEKATERINBURG, 5-oktabr. /”Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasida konsullik okrugiga kiruvchi hududlarda mehnat qilayotgan, tahsil olayotgan hamda axloq tuzatish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan hamyurtlarimiz bilan muloqotni tizimli ravishda yo‘lga qo‘ygan, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvlardan asosiy maqsad xorijdagi vatandoshlarimizni  huquqiy himoya qilish, ularning holidan xabar olish hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan voqif etish va tegishli mavzularda profilaktik suhbatlar o‘tkazishdan iborat.

Yaqinda Yekaterinburg shahridagi “Stroy invest” MCHJda vaqtinchalik mehnat qilib kelayotgan 50 nafardan ziyod fuqarolarimiz bilan uchrashuv uyushtirildi.

Muloqot chog‘ida avvalombor fuqarolarimizni qiziqtirayotgan savollar, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Tadbir davomida qatnashchilarga O‘zbekistonda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar, xorijdan Vatanga qaytgan hamyurtlarimizni ish bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvlar chog‘ida mamlakatimizda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

Vatandoshlarimiz konsullik va tashqi mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq savollariga batafsil javoblar olishdi.

Mavzuga oid

Elchixonaning «Oltin daftar»iga kiritilg...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan «Oltin daftar»ga kiritilgan Janubiy Koreya...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Ol...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan «Oltin daftar»ga kiritilgan Janubiy Koreya...

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiat...

Amaliy safar bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiat...

So`nggi yangiliklar