Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2022   Ta'lim

Yaponiyaning Kanazava universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda

TOKIO, 26-mart. /“Dunyo” AA/. Yaponiya bilan fan va taʼlim sohadagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi vakillari Ishikava prefekturasiga tashrif buyurishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tashrif doirasida Kanazava universiteti rektorining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Shima Ryuichiro, professorlar Matsushima Daisuke, Yamamoto Xiroshi va Aida Mammadova bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Kanazava universiteti Yaponiyaning milliy universiteti bo‘lib, 1862 yilda chechakka qarshi emlash muassasi sifatida tashkil etilgan.

Universitetda 8 fakultet: adabiyot, taʼlim, huquq, iqtisodiyot, fanlar, muhandislik, tibbiyot va farmatsevtika hamda 7 oliy maktab (magistratura va aspirantura): pedagoglar malakasini oshirish; inson va ijtimoiy-ekologik tadqiqotlar; huquq; tabiat fanlari va texnologiyalari; tibbiyot fanlari; ilg‘or tibbiy profilaktika fanlari; chegara fanlari tashabbusi mavjud. Universitet tarkibiga kasalxona va saraton tadqiqotlari instituti ham kiradi.

Talabalarning soni 11 mingga yaqin, ulardan 636 nafari – chet el fuqarolari. O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan.

Kanazava universiteti Fanlararo fanlar kolleji (Interdisciplinary Science College) bilan hamkorlik qilishni taklif qildi. Kollej 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biznes-hukumat-fan o‘rtasidagi aloqalarni yaratish va restartaplarni rag‘batlantirish (mavjud biznes modellarni sifatini oshirish) orqali mintaqaviy rivojlanish masalalari bilan shug‘ullanadi. Xususan, Yaponiya tomoni o‘zbekistonlik talabalarni “Tadbirkorlik taʼlimi” dasturiga qabul qilishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Ushbu dastur doirasida talabalarga nafaqat biznes, menejment asoslarini o‘rgatish, balki ikki davlatning kichik va o‘rta biznesi o‘rtasida tadbirkorlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham mumkin. Dasturda ayniqsa noyob ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‘lgan yapon biznesining ishtirok etishi samaralidir.

O‘zaro hamkorlikning yaqin kelajakda yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan yana bir muhim yo‘nalishi sifatida Kanazava universiteti akademik almashinuvlarni, avvalambor hamkor universitetlar, keyinchalik respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan amalga oshirishni taklif qildi. Xususan, joriy yilning yozida Prezident maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini Yaponiya umumtaʼlim maktablarining yozgi dasturlarga taklif qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Kanazava universiteti kelgusi o‘quv yilidan boshlab Yaponiya universiteti bilan hamkorlik shartnomalariga ega yoki Yaponiyani o‘rganishga ixtisoslashgan universitetlar talabalari uchun yapon tili va tarixi bo‘yicha maʼruzalar turkumini boshlashga tayyorligini bildirdi.

Yapon tomonining maʼlum qilishicha, joriy yilning oktyabr oyida Kanazava universiteti ortopedik jarrohlik bo‘yicha xalqaro simpozium o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uning doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislarni maʼruza va mahorat darslari o‘tish uchun taklif qilish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uy...

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori To‘lqin Muhammadiyev boshchiligidagi d...

Ta’lim sohasida O‘zbekiston - Hindiston ...

Dehlidagi elchixonamiz SS hamda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik aloqalar...

ITSV: Prezident maktablari samaradorligi...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar