Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Dekabr/2021   Dolzarb

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining uchrashuvi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning barcha jabhalari va yo‘nalishlari rivojiga turtki berdi


 TOKIO, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifining yakunlarini “Dunyo” AA uchun Sidzuoka prefekturasi universiteti professori Simada Takao (Yaponiya) sharhladi.

– Qozog‘iston tarixi, xalqlarining etnik ildizlari, tili, madaniyati va maʼnaviy qadriyatlari jihatidan O‘zbekistonga juda ham yaqin davlatdir. So‘nggi paytlarda bu yaqinlik iqtisodiy va tashqi siyosat jabhalarida yana-da mazmundor bo‘lib bormoqda.

Iqtisodiy yo‘nalishda ushbu munosabatlarni, albatta, savdo-sanoat kooperatsiyasi sohasidagi loyihalarda ko‘rish mumkin. Har ikki mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlanib, xom-ashyo eksportchisi mavqeidan texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi (masalan, avtomobillarni birgalikda yig‘ish) maqomiga erishmoqda. Albatta, tovar ayirboshlashda yuqori texnologiyalarni qo‘llashni talab qilmaydigan qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlari ham bor. Ammo bu yerda ham rivojlanish sezilarli bo‘lmoqda. Masalan, O‘zbekiston paxta tolasini emas, balki ip-kalava, gazlama, tayyor mahsulotlarni eksport qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasi modernizatsiya qilinmoqda – qayta ishlangan mahsulotlar tashqi bozorga chiqarilmoqda. Shunisi eʼtiborga loyiqki, mamlakatlar nafaqat bir-biri bilan, balki tashqi bozorlarda ham hamkorlik qilmoqda. Men chegaradosh viloyatlarda qo‘shma to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlarni nazarda tutyapman. Erishilgan kelishuvlar ko‘rsatkichlari hamkorlik ko‘lamidan dalolat beradi.

Tashqi siyosatdagi pozitsiyalarning mos kelishi ham eʼtiborga loyiq. Bu natijalar har ikki davlatning hamkorlikka nisbatan chuqur yondashuvini, integratsiya masalalari sezilarli darajada rivojlanib borayotganini namoyon etmoqda. O‘zaro hamkorlik turli darajalarda mustahkamlanmoqda: ikki tomonlama aloqalarni hududlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va, albatta, oddiy insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatsak, ko‘p tomonlama aloqalar xalqaro tashkilotlar va integratsiya birlashmalaridagi ishtirokda yorqin ko‘zga tashlanmoqda.

Sermazmun muzokaralar kun tartibi ham keng ko‘lamni tashkil qilmoqda. Bu jarayonda iqtisodiy hamkorlik masalalari va siyosiy bayonotlarning mutanosibligiga eʼtibor qaratmoqchiman. Jumladan, Afg‘oniston masalasiga yechim topishda ham buni ko‘rish mumkin. Mintaqa yetakchi davlatlarining pragmatik diplomatiyasi Afg‘onistonning yakkalanib qolishi va u yerda gumanitar inqiroz yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb umid qilamiz.

Mavzuga oid

“O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishning ...

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Yevroosiyo bo‘limi rahbari Uilyam...

Termiz shahrida «Veneto» Italiya savdo u...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi Termiz shahrida «Veneto» Italiya savdo uyining on...

Xitoy elchisi Szyan Yan: O‘zbekistonda i...

Xitoy elchisi Szyan Yan “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyo...

So`nggi yangiliklar