Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Dolzarb

Yaponiyadan munosabat: O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi ikki qardosh respublika hamkorligini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi


TOKIO, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. Markaziy Osiyo va Kavkaz ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori (Yaponiya) Tetsuji Tanaka “Dunyo” axborot agentligiga O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi: 

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi va Prezident Qosim-Jomart Toqayev bilan joriy yil 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarini olqishlaymiz.

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Afg‘oniston masalasiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu mamlakat hududidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Prezidentlarning bu boradagi muzokaralari, ayniqsa, bugungi murakkab vaziyatdan kelib chiqib, mintaqa xavfsizligi va barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi ikki qardosh respublika hamkorligini yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik kelgusida yanada faollashadi va mamlakatlarda yaqin 5 yil ichida tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Mavzuga oid

Transport vazirligi: xususiy turoperator...

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xorijdagi fuqarolarimizni vatanga qaytarish b...

Yoshlar – xalq diplomatiyasining tayanch...

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomoni...

Latviyadan munosabat: O‘zbekiston Prezid...

Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq siyosiy tadqiqotlar xalqaro instituti (Latviya) prezidenti A...

So`nggi yangiliklar