Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z munosabatini bildirmoqda

 TOKIO, 26 iyun. / “Dunyo” AA/. Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z munosabatini bildirmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Doniyor Nazirov, “Nippondo Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti:

– Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda Bosh qomusimizni takomillashtirish bo‘yicha bildirgan to‘rtta ustuvor yo‘nalishdagi takliflari bilan tanishib, ularning haqiqatdan ham o‘z vaqtida va dolzarbligiga ishonch hosil qildik.

Joriy yil Yaponiyada “Nippondo Co., Ltd.” korxonasini tashkil qildim. Farmatsevtika, taʼlim va transport logistikasi sohalarida yapon investorlarini yurtimizga jalb qilish bilan shug‘illanyapman.

Prezident maʼruzasida bildirilgan uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish tashabbusini mamnuniyat bilan qarshi oldim. Bu menga yurtimizga xorijiy investorlarni jalb qilishda katta ko‘mak beradi, deb o‘ylayman.

Konstitutsiyamizda uy-joyga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish va uning dahlsizligini kafolatlash bo‘yicha davlat majburiyatlarini mustahkamlanishi xorijda yurtimizning imijini yana-da oshirishiga aminman.

Alisher Umirdinov, Nagoya iqtisodiyot universiteti dotsenti:

– 1991 yil qabul qilingan Konstitutsiya albatta o‘zgarishi kerak, degan fikrdaman.

O‘zbekiston Prezidenti 2016 yildan boshlab ikkita tamoyilga alohida urg‘u berib kelmoqda. Aynan mana shu ikki tamoyil xalqaro miqyosda O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchning o‘sishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekistondagi islohotlar haqiqiy ekaniga oid tasavvurni global ommaga taqdim etdi.

Ulardan biri, xalqning davlatga emas, davlatning xalq xizmatchisi ekanligidir. Bu orqali davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizning 7-moddasidagi xalq davlat hokimiyatning yagona manbai ekaniga ishora berdi.

Ikkinchi tamoyil – islohotlarning ortga qaytmasligi. Nima bo‘lishdan qatʼiy nazar, hukumat islohotlar xalq manfaati yo‘lida faqat oldinga ketishi, aslo to‘xtamasligi va amalga oshirilganda ham xalqaro huquq andozalariga mos tarzda bo‘lishiga vaʼda berdi. Dunyo ishondi, eʼtirof etdi va qo‘llab-quvvatlamoqda. Ko‘pgina xalqaro nashrlarda va ilmiy hisobotlarda Markaziy Osiyo marvaridi hisoblangan O‘zbekistonning yangicha kuch ekaniga oid katta umidlar paydo bo‘ldi. G‘arb bilan aloqalarimiz maksimal pastlagan 2000 yillar boshidan buyon hech qachon bunchalik darajada dunyo ommasi tomonidan yaxshi kutib olinmagan edik.

Rufat Diyorov, “Green Box” kompaniyasi ijrochi direktori:

– Biz O‘zbekiston fuqarolari chet elda bo‘lishimizdan qatʼi nazar O‘zbekistonimizda bo‘layotgan turli yangilik va ijtimoiy o‘zgarishlarni onlayn yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bormoqdamiz. Prezident boshchiligidagi uchrashuvni ham ijtimoy tarmoqlar orqali onlayn kuzatib bordik. U yerda ilgari surilgan g‘oyalar, takliflarni biz ham eshitdik. Bosh qomusimiz zamon talabidan kelib chiqib, globallashuv jarayonida fuqarolarimiz huquq manfaatlarini dahlsizligini taʼminlash maqsadida o‘zgartirilishi bu juda yaxshi holat deb hisoblayman. Sababi, rivojlangan har qanday davlat o‘z Konstitutsiyasini o‘z fuqarolari manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgartirib, takomillashtirib boradi. Bu qadimdan to hozirga qadar ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasidan  maʼlum.

Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar bilan batafsil tanishdik, ular bizga juda maʼqul. Sababi mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, xususan, konstitutsiyaviy islohotlar, avvalambor, xalqimiz manfaati, uning farovon hayotini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi kerak, deb o‘ylayman.

Bu jarayonlarni olqishlagan holda, Konstitutsiyaga kiritalajak o‘zgarishlarni, albatta, referendum orqali tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz va barcha fuqarolarimizni faol bo‘lishga chaqiramiz!

Mavzuga oid

Fransiyadan munosabat: Konstitutsiyaviy ...

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasida «Konstitutsiyaviy islohotlar - istiqboldagi o‘zgar...

Ukrainadan munosabat: Konstitutsiyaviy i...

Ukrainaning yetakchi “Vesti” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari Taras Kozub “Dunyo” a...

Xitoydagi vatandoshimiz: Konstitutsiyami...

Xitoyning Xenan provinsiyasi Pingdingshan shahridagi xalqaro bolalar taʼlim markazi masʼul...

So`nggi yangiliklar