Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Noyabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Yaponiya O‘zbekistonga Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosi arxivlarini raqamlashtirish uchun 400 ming dollar ajratadi

TOSHKENT, 15-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) Yaponiya hukumati bilan qiymati 400 ming dollarga yaqin bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasida Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosi arxivlarini saqlash va raqamlashtirish» loyihasi bo‘yicha Almashuv notasi va Grant bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


ITSV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev o‘z qutlov so‘zida qadim zamonlardan buyon Yaponiya va O‘zbekiston xalqlari hamda madaniyatlarini bog‘lab kelayotgan Buyuk Ipak yo‘lining madaniy merosini avaylab asrashning muhimligini taʼkidladi. Amalga oshirilayotgan loyiha Ipak yo‘li bo‘ylab topilgan noyob madaniy boyliklarni asrab-avaylashga ko‘maklashish, ularni himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish, O‘zbekiston madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorligining timsoliga aylanishga qaratilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya aloqalari o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonda yapon texnologiyalari va madaniy meros obyektlari va predmetlarini saqlash bo‘yicha tajribasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Xususan, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston davlat tarix muzeyi hamda Termiz arxeologiya muzeyiga kolleksiyalar va eksponatlarni asrash uchun uskunalar, shuningdek raqamli arxivlash uchun zarur uskunalar, shu jumladan, 3D  skanerlar, 360 darajada suratga oladigan kameralar va boshqa jihozlar topshiriladi.

Mavzuga oid

ITSV:Toshkentda «Italiya – Markaziy Osiy...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O‘zbekiston hududlarida Fransiya kompani...

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fransiyaning «Rungis Semmaris» kompaniyasi o‘rt...

​O‘zbekiston va Qozog‘iston dekabr oyida...

Hukumat delegatsiyasining amaliy tashrifi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Bosh vazir...

So`nggi yangiliklar