Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Yaponiya kompaniyasi O‘zbekistonda turli loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda


TOKIO, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov “Mitsui & Co., Ltd.” kompaniyasining katta ijrochi boshqaruv direktori Miki Yoshikava bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqqanini alohida ta’kidladi.

“Mitsui & Co., Ltd.” kompaniyasining biznes imkoniyatlaridan kelib chiqib, yapon tomoniga O‘zbekistonda davlat xususiy sheriklik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish orqali energetika, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, neft va gaz, kimyo va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish taklif etildi.

Miki Yoshikava O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalarini yuqori baholab, “Mitsui & Co., Ltd.” kompaniyasining mamlakatda turli loyihalar amalga oshirishga qiziqishi mavjudligini va bu borada tegishli marketing izlanishlari olib borilayotganini bildirdi.

Xususan, ayni paytda Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda yo‘l belgilari uchun maxsus bo‘yoqlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid

Pokistonga to‘qimachilik, meva-sabzavot ...

Jizzax viloyati hokimligi rahbariyati, «Jizzakh Textile» kompaniyasi mutasaddilari va Poki...

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston tadbirkor...

Mamlakatimizning Qirg‘izistondagi elchixonasida “JIA” biznes assotsiatsiyasi kengashi rais...

Pokistonning “Yousuf Dewan Companies” ko...

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati “Yousuf Dewan Companies” kompaniyasi prezid...

So`nggi yangiliklar