Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

“Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmon loyihasining mazmun-mohiyati Misr OAV sahifalarida

TOSHKЕNT,  20-yanvar. /«Dunyo» AA/. Misrning «Al-Xabar al-Yaum» gazetasi veb-saytida «Yangi O‘zbekiston ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy g‘amxo‘rlik sohalarida islohotlarni davom ettirmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Gazeta muxbiri Fotima Badaviy qalamiga mansub ushbu maqola O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» farmoni loyihasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohada ilgari surilayotgan tashabbuslarning  mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan.

Unda qayd etilganidek, ayni kunlarda O‘zbekistonda turli kasb egalari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» farmoni loyihasini qizg‘in muhokama qilishmoqda. 

«Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» farmoni loyihasida o‘tgan vaqt davomida to‘plangan tajribadan kelib chiqqan holda mamlakatning strategik rivojlanishi va maqsadlari o‘z ifodasini topgan, - deb yozadi nashr. -Jumladan, taraqqiyot strategiyasida bugungi globallashuv jarayonlaridan kelib chiqqan holda yetti ustuvor yo‘nalish belgilab berilmoqda».

Muallifning so‘zlariga ko‘ra,  ushbu yo‘nalishlardagi yuksak marralar 100 ga yaqin maqsadlar va 400 dan ortiq chora-tadbirlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ularning barchasi xalq hayoti, turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

«Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga oid barcha vazifalar taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishida o‘z ifodasini topgan,- deb yozadi muallif. -Xususan, Respublikada maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, tizimga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini foydalanishga topshirish belgilanmoqda».

Ta’lim-tarbiyadagi uzviylikni ta’minlash maqsadida, maktablarni rivojlantirish Milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratiladi. 

Maqolada qayd etilishicha, taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’limning barcha yo‘nalishida bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimni isloh qilish borasida ham tub islohotlar amalga oshiriladi. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2022-2026 yillarda 50 foizga yetkazish maqsad qilinmoqda.  Nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni ham bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi, 2026 yilga kelib ularning soni 50 taga yetkaziladi.

Fotima Badaviy o‘z maqolasida Prezident farmoni loyihasida  qayd etilgan tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha keyingi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar bilan ham gazetxonlarni tanishtirgan. Ta’kidlanganidek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va ular uchun qulaylikni oshirish maqsadida O‘zbekiston hududlarida tibbiyot klasterlari tashkil etish, aholiga arzon va sifatli dori-darmonlar yetkazib berish tizimi takomillashtirish va boshqa qator ustuvor maqsadlar nazarda tutilgan.

«Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi» farmoni loyihasining har bir bandida belgilab berilgan chora-tadbirlarda  mamlakatni yanada taraqqiy ettirish, aholi  farovonligini oshirish, xususan yoshlarning porloq kelajagini barpo etish kabi ezga maqsadlar o‘z aksini topgan», deb yozadi «Al-Axbar al-Yaum».

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Murojaatnomas...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi Xitoy ommaviy a...

Turkmanistondan munosabat: Alisher Navoi...

Turkmaniston davlat axborot agentligi «Turkmenistan: zolotoy vek» va «turkmenportal.com» ...

O‘zbekiston elchisi qalamiga mansub maqo...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidovning Xitoyning yetakchi xitoy, ingliz va...

So`nggi yangiliklar