Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Hamkorlik

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda “R&D” laboratoriyalari tashkil etiladi

SEUL. 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreyada samarali uchrashuvlarni o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.


Navbatdagi muloqot Pusan shahrida joylashgan Kyungsung hamda Pusan Milliy universitetlarida o‘tkazildi.

Mazkur oliy bilim yurti rahbariyati bilan ikki taʼlim muassasasi o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Shu maqsadda tomonlar o‘rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi.

Unga ko‘ra ikki universitet birgalikda zamonaviy talablarga javob beradigan qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, universitetlar o‘qituvchi va professorlarining o‘zaro malaka oshirishini hamda talabalar almashinuvini yo‘lga yo‘qish, o‘qitish materiallari, tadqiqot loyihalari, maqolalar hamda kutubxonadagi resurslardan foydalanish, birgalikda konferensiya, seminar hamda mahorat darslari tashkil etish ishlarini amalga oshiradi.

Mazkur bitim, eng avvalo, ikki universitet o‘qituvchi, professor hamda talabalarining salohiyatini yana-da oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Pusan milliy universiteti rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida tomonlar istiqbolda talabalar, o‘qituvchi va professorlarning tajriba almashinuvini tashkil etish, birgalikda mexanika muhandisligi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, qo‘shma maqolalar tayyorlash hamda ularni nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, mutaxassislar “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyo miqyosidagi “R&D” laboratoriyalarni tashkil etish borasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

Buxoro viloyat hokimligi delegatsiyasi J...

Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov b...

Xitoy kompaniyasi Bo‘stonliq tumanida d...

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirli...

Milliy palata ko‘magida Janubiy koreyali...

Janubiy koreyalik shifokorlar «tanglay yorilishi» diagnozi qo‘yilgan 20 nafarga yaqin o‘zb...

So`nggi yangiliklar