Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

Xorijdagi vatandoshlar Davlat gerbi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llamoqda

NOVOSIBIRSK, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Rossiyada yashayotgan vatandoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati o‘z qutlovlarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Samatullo Ro‘ziyev, Tomsk viloyati “Drujba” o‘zbek madaniyati jamoatchilik tashkiloti rahbari:

– Bundan roppa rosa 30 yil avval O‘zbekiston Respublikasining Gerbi – mustaqilligimizning asosiy ramzlaridan biri qabul qilingan edi.

Mazkur muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasviri namoyon. Gerbimizga nafaqat O‘zbekistonda yashab kelayotganlar, balki xorijdagi vatandoshlarimiz ham alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi ezgu qadriyatga aylangan.

Fursatdan foydalanib, mustaqilligimiz ramzi - Davlat gerbi qabul qilingan kun bilan barcha yurtoshlarimizni muborakbod etaman. Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Hilola Mingaliyeva, tadbirkorlik, Novosibirsk shahri:

- Men ancha yillardan xorijda istiqomat qilsamda, har safar mamlakatimizning Davlat gerbini ko‘rganimda undagi Humo qushi va daryolar, oltin rangda bitilgan “O‘zbekiston” yozuvi, g‘o‘za shoxlari-yu, barglari, tog‘lar va vodiylar menga o‘zgacha kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlaydi.

Davlatimiz gerbi – mustaqilligimiz timsoli ekanligi barchamizga ayon. Bugun, 2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan barcha do‘stlarimni tabriklayman.

Davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan barcha islohotlarda omadlar yor bo‘lishini tilab qolaman.

Mavzuga oid

Ilm egallaydigan, kitob o‘qiydigan zamon...

Bugun o‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan adib, O‘zbekiston Qa...

Yekaterinburgda O‘zbekiston Respublikasi...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasida Yekaterinburg shahridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsi...

Turkiyadan tabriklar: Anqaradan eng sami...

Navro‘z bayrami munosabati bilan Turkiya jamotchiligi tomonidan yurtdoshlarimiz nomiga sa...

So`nggi yangiliklar