Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Noyabr/2022   Sanalar

Xitoydan tabriklar: O‘zbekiston bayrog‘i dunyo maydoni uzra doimo baland va mag‘rur hilpirayversin

PEKIN, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Xitoyda taʼlim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz xalqimizga o‘z qutlovlarini yo‘lladilar, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Sardorbek Sirojev, Pekin shahridagi Shimoliy Xitoy texnologik universiteti talabasi:

- Vatandan olisda, xorijiy yurtlarda bayrog‘imiz Vatan hissi va g‘ururini ko‘nglimizda yana-da mustahkamlaydi. Biz uchun davlatimiz bayrog‘i yuksak faxrdir.

Bayrog‘imiz O‘zbekistonni dunyoga tanitib turuvchi muqaddas timsollardan biri. Men jonajon O‘zbekistonimiz bayrog‘i doimo yuksak hilpirab turishini tilayman va uni baland ko‘tarib yurishga, avaylab-asrashga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman.

Gulnora Samiyeva, Xitoy xalqaro maktabi o‘qituvchisi:

- Vatandan men kabi olisda yashayotgan hamyurtlarimizga bayrog‘imiz yurtimizning bir parchasi kabi ona tuproq sog‘inchi hamda hayajonini yana-da kuchliroq his ettiradi.

Har gal muhim halqaro uchrashuvlar, sanʼat yoki sport musobaqalari bo‘lganida muqaddas Vatanimiz bayrog‘ini ko‘rib ko‘zlarim quvonadi. Ayniqsa yurtdoshlarim g‘alabalarga erishganida bayrog‘imizning baland ko‘tarilishi yana-da muhtasham ko‘rinadi.

Said Ali Yuldoshev, Pekin xalqaro maktabi o‘qituvchisi:

- Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun har bir O‘zbekiston farzandi uchun, hoh u vatanda yoki xorijiy mamlakatda bo‘lsin, vatan hissini yana bir bor, kuchliroq his qiladigan kun, deb o‘ylayman.

O‘zbekiston bayrog‘i dunyo maydoni uzra doimo baland va mag‘rur hilpirayversin.

Dilsora Mirzaahmedova, Xitoy Markaziy millatlar universiteti dotsenti:

- Bayroq har bir davlatning mustaqilligi, davlat bo‘lib shakllanganligi, o‘z o‘rni va mavqeiga ega ekanligini bildiruvchi asosiy timsollardan biridir.

Xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz yaxshi tushunadi. Qayerda bir necha davlat bayrog‘i ilinsa, biz birinchi navbatda yurtimiz bayrog‘ini izlaymiz. Chunki bayroq yurtimizning timsoli, uning yuksalishi davlatimizning yuksalishidir, bayroq bu bizning o‘zilimizdir.

Aziz yurtdoshlarimizga bayrog‘imizda aks ettirilgan ranglar timsoli kabi tinchlik va farovonlik tilayman.

Mavzuga oid

Belgiyadan munosabat: Gerbimizda xalqim...

O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yillik bayrami munosabati bilan mamlakatim...

Germaniyadan tabrik: Bayroqni hurmat qil...

Kecha mamlakatimizda Davlat bayrog‘i kuni keng nishonlandi. «O‘zbekiston Respublikasining ...

Singapurdagi vatandosh: Konstitutsiya bi...

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi nishon...

So`nggi yangiliklar