Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Yevropa davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va konstruktiv munosabatlarga yangi surʼat bag‘ishlamoqda

PEKIN, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yevroosiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti, Davlat kengashining Taraqqiyotni o‘rganish markazi katta ilmiy xodimi Syuy Tao  “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlarini quyidagicha izohladi:   


– Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi oliy darajadagi faol muloqotning davomi bo‘ldi. Navbatdagi O‘zbekiston-Vengriya oliy darajadagi uchrashuvi, tarixiy va o‘z ahamiyatiga ko‘ra, juda  muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari to‘liq formatdagi davlatlararo muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Bularning barchasi O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklik ruhiga mos keladi.

O‘zbekiston Yevropa davlatlari bilan o‘zaro manfaatli va konstruktiv munosabatlarga yangi surʼat bag‘ishlashga intilmoqda. Mamlakatda turli yo‘nalishlarda, jumladan, iqtisodiyotni liberallashtirishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fonida respublikaning muhim geosiyosiy pozitsiyasi Yevropa davlatlari bilan sheriklik aloqalarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish va barqaror iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning kuchli omili bo‘lmoqda.

O‘tgan yili O‘zbekiston-Vengriya ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishi ikki mamlakat xususiy biznesi vakillari o‘rtasida uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish, ishbilarmonlik hamkorligi uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun ishonchli platforma sifatida xizmat qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishi, imzolangan hujjatlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishga kuchli turtki berishi shubhasiz.

Mavzuga oid

Termizda Saljuqiylar davriga oid oltin d...

Surxondaryo viloyati Termiz tumani Do‘stlik mahallasidagi xonadonlardan biridan Qoraxoniyl...

Seuldan munosabat: O‘zbekiston-Janubiy K...

Xanyang universiteti qoshidagi Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi direktori, Shimoliy...

Qozog‘istonda 13 iyul – koronavirusdan v...

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev televideniye orqali qilgan muroja...

So`nggi yangiliklar