Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Dolzarb

Xitoydan munosabat: O‘zbekiston-Vengriya sammiti kun tartibi va uning amaliy natijalari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi

GUANCHJOU, 6 oktabr. /«Dunyo» AA/. MDH davlatlari bilan Guandun xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik ittifoqi raisi Go Fenchji O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi natijalari haqidagi fikrlarini bayon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


– O‘zbekiston rahbarining uzoqni ko‘ra olishiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Ikki hafta muqaddam janob Prezident SHHTning tarixiy Samarqand sammitini va XXR Raisi Si Szinpinning do‘st mamlakatingizga davlat tashrifini ajoyib tarzda o‘tkazdi.

O‘zbekiston rahbariyati xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi yaqqol isbotlaganini ta’kidlamoqchiman.

Qayd etish joizki, pandemiya va pandemiyadan keyingi davrga qaramay, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshdi. Biznes-forum doirasida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq sarmoyaviy va savdo shartnomalari imzolandi.

Ishonchim komilki, dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan O‘zbekiston-Vengriya sammiti kun tartibi, shuningdek, tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan amaliy natijalar O‘zbekiston bilan Yevropaning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Tokiodan munosabat: Yaponiya tajribasi O...

Yaponiyaning rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti faxriy professori Manabu Shizimu «Du...

Ukrainadan munosabat: O‘zbekiston rahbar...

«Mosti drujbi» loyihasi rahbari (Ukraina) Artur Gashenko

MOXI eksperti: Oʼzbekiston tomonidan ilg...

Markaziy Osiyo xalqaro institutining tarixiy-madaniy merosni oʼrganish va gumanitar tadqiq...

So`nggi yangiliklar