06/Mart/2022 Dolzarb
PЕKIN, 6-mart. /«Dunyo» AA/. Xitoy tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro ishlar akademiyasining Yevroosiyo tadqiqotlari instituti direktori Li Szigo O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi haqida o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
- Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashda O‘zbekiston va Pokistonning mavqei va roli juda yuqoridir.
Shu nuqtai nazardan, Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishda Toshkent hamda Islomobod o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirish va hamkorlik alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat ikki mamlakatning transafg‘on yo‘lagini yaratish borasidagi salohiyatini namoyish etadi, balki Janubiy Osiyodagi istiqbolli bozorlarga yangi va eng qisqa yo‘l ochib beradi.
Afg‘onistonni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik jarayonlariga faol jalb etishga xizmat qiladi.