Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Yanvar/2023   Dolzarb

Xitoydan munosabat: IHTga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi yakunlari O‘zbekistonda biznes yuritayotgan xitoylik investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi

PEKIN, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari uyushmasi ijrochi direktori Lyu Yui “Dunyo” AA uchun intervyusida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 24 yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 26-yig‘ilishi yakunlari haqidagi fikrlarini  bildirdi.


  –Toshkent anjumani IHT tarixida ilk bor mazkur tadbir ishida tuzilmaga aʼzo qariyb barcha davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning to‘liq  ishtirok etgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston xalqaro miqyosda “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, energetika, savdo, investitsiya va transport infratuzilmalarini yana-da rivojlantirish va boshqa muhim sohalarda xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha faol harakatlarni davom ettirayotganidan dalolat beradi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xitoylik investorlar uchun bu mamlakatda yangi sarmoyalarni jalb qilgan holda o‘z biznesini yana-da kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bu, shuningdek, xorijlik tadbirkorlarning iqtisodiy geografiyasini kengaytirish, jumladan, IHTga aʼzo davlatlar bilan hamkorlikka bo‘lgan ishonchning mustahkamlashga ham  xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Germaniyadan munosabat: O‘zbekiston rahb...

Shavkat Mirziyoyevning qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishida ishtirok etish uchun Xitoyga ...

Davlat xizmatchilari aktivlarini deklara...

«Davlat xizmatchilari aktivlarini deklaratsiyalashning zamonaviy mexanizmlari» mavzusida x...

O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada o‘tay...

Bugun Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy muvofiqlashtiru...

So`nggi yangiliklar