Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Xitoydagi vatandoshimiz: Konstitutsiyamizni yangi zamon talablari asosida isloh qilish zaruratini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman

PEKIN, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Xenan provinsiyasi Pingdingshan shahridagi xalqaro bolalar taʼlim markazi masʼul xodimi Gulnora Samiyeva O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va tuzatishlar kiritish bo‘yicha boshlangan islohotlarning ahamiyatini “Dunyo” axborot agentligiga quyidagicha sharhladi:


– Biz Yangi O‘zbekistonimizda kechayotgan keng qamrovli islohotlarni, taraqqiyot jarayonlarini muntazam kuzatib boramiz. Bugungi kunda Asosiy qomusimizni yangi zamon talablari asosida isloh qilish zaruratini qo‘llab-quvvatlayman.

Men “fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida qonunchilik tashabbusi huquqi institutini isloh qilish” masalasida Konstitutsiyamizga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Prezidentimizning takliflarini dolzarb, deb hisoblayman.

Mazkur institut doirasida 100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z qonunchilik takliflarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi qayd etildi.

Asosiy qomusimizga bunday o‘zgarishning kiritilishi orqali xalqimiz bevosita qonun ijodkori sifatida tashabbus ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mazkur yangi qonunchilik takliflarini kiritish institutini Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga ham
berish esa, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar samaradorligini yana-da oshiradi.

Mavzuga oid

Konstitutsiyaviy komissiya raisining O‘z...

Turkiyaning “Türkiye” gazetasida Konstitutsiyaviy komissiya raisi, akademik Akmal Saidovni...

Fransiyadan munosabat: Konstitutsiyani i...

Fransiyada Temuriylar tarixi va sanʼatini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Frederik B...

O‘monda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy i...

Mamlakatimiz elchixonasida O‘monda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun O‘zbekistonda b...

So`nggi yangiliklar