Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Xitoydagi vatandosh: Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasida inson va uning huquqlari eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilayotganini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman

 


PEKIN, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Gansu provinsiyasida YUNESKOning taʼlim masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz Feruza Hasanova mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z munosabatini bildirdi.

– Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasida inson va uning huquqlari eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilayotganini to‘la qo‘llab-quvvatlayman.

Xususan, tenghuquqlilik, o‘lim jazosining bekor qilinishi, nogironlarga munosib eʼtibor qaratilishi, taʼlimdagi islohotlarning eng quyi bosqichlardan takomillashishi kabi masalalar O‘zbekiston konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va tuzatishlarda yana-da mukammal o‘z ifodasini topajagi meni bir fuqaro sifatida quvontiradi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xalqimiz va davlatimiz farovonligi asoslarini yana-da mustahkamlab, yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda, Vatanimizning barqaror taraqqiyoti omillarini tobora kuchaytirmoqda.

Mavzuga oid

Konstitutsiyaviy islohotlar erkin haraka...

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi Sohipjamol Jol...

Novosibirskda o‘tkazilgan «Xalqlar do‘...

Novosibirsk viloyatida bo‘lib o‘tgan «Xalqlar do‘stligi» xalqaro festivali doirasida maml...

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar: Biz ham...

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy i...

So`nggi yangiliklar