Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Iyun/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondan 5 ming tonna gilos sotib oladi

PEKIN, 5 iyun. /«Dunyo» AA/. Xitoyning «Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd» kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yetishtirilgan 5 ming tonna hajmdagi gilosni yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomasi imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Shuhrat Umirov.


Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘lamini kengaytirish va uning tizimlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha yirik importchi kompaniyalar, savdo uyushmalari, riteylerlar bilan tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bunda mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Xitoy bozorida faol ilgari surishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Xitoyning «Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd» kompaniyasi bilan o‘zbek gilosini Xitoyga yetkazib berish yuzasidan kelishuvga erishildi. Xususan, mazkur kompaniya bilan 5 ming tonna hajmdagi gilos yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Unga ko‘ra, taklif etilayotgan gilos mahsuloti zamonaviy uskunalarda eksport uchun qayta ishlanishi va savdooldi tayyorgarligining barcha tartib-qoidalaridan (hosil yig‘ib olinishi, gidrokulerda sovutish, rangi va hajmi bo‘yicha optik saralash, qadoqlash va h.k.) o‘tishi shart.
Xorijiy xaridorlar talablariga muvofiq, gilosning yangi hosili MAP (Modified Atmosphere Packaging) texnologiyalari bo‘yicha eksport mahsuloti sarhilligi davrini uzaytirish imkonini beradigan maxsus zamonaviy havo o‘tkazuvchi paketlarga joylashtiriladi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi «Samarkand Garden Plast» kompaniyasi bog‘larida yetishtirilgan hosilning birinchi turkumi 5 iyun kuni «Uzbekistan Airways » AJ charter yuk reysi orqali Shanxay shahriga yetkazib berildi.

 

Mavzuga oid

ITSVda Ozarbayjon bilan ustuvor yo‘nalis...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) 21 may kuni O‘zbekiston investitsiyalar...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mintaqalar...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlari Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernatori Li C...

Polsha O‘zbekistondan mahsulotlar import...

2020 yil O‘zbekiston-Polsha aloqalari, xususan, iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida muhim y...

So`nggi yangiliklar