Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Yanvar/2022   Siyosat

Xitoy hukumatining Yevroosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga keldi

TOSHKЕNT, 5-yanvar. /«Dunyo» AA/. Xitoy hukumatining Yevroosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida kecha poytaxtimizdagi «Lotte Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Ikki tomonlama hamkorlik va davlat boshqaruvi sohasida tajriba almashish» mavzusida simpozium bo‘lib o‘tdi.

Dastlab delegatsiya yetakchisi O‘zbekiston - Xitoy munosabatining hozirgi ahvoli haqida so‘z yuritib, jumladan, keyingi yillarda har ikki davlatda ro‘y berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlar, tizimli islohotlar o‘rtasidagi uyg‘unlikka alohida e’tibor qaratdi. Bundan tashqari Xitoyning tashqi siyosati, Markaziy Osiyo bilan munosabati, ayniqsa, O‘zbekiston bilan aloqalariga batafsil to‘xtaldi.

XXR hukumatining Yevroosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili o‘zining keng qamrovli ma’ruzasi davomida mutaxassislar diqqatini qator muhim va dolzarb masalalarga jalb etdi. Xususan, O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari va turli sohalardagi amaliy sheriklik, Davlat boshqaruvi mavzusi, jumladan, Xitoy Kommunistik partiyasi 19-chaqiriq 6-plenumi yakunlari, Xitoyning Markaziy Osiyoga doir siyosati va “Xitoy - Markaziy Osiyo” doirasidagi hamkorlik, Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov so‘zga chiqib, o‘zaro munosabatning o‘ziga xos jihatlarini tahlil etishdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi Buyuk Ipak yo‘li paydo bo‘lgan davrlarda boshlangan, asrlar mobaynida davom etib kelayotgan aloqalar, ayniqsa, keyingi yillarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi.

Ikki davlat BMT, SHHT kabi ko‘plab yirik xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. 

Bugungi kunda Xitoy respublikamizning eng yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri. Birgalikda turli soha, tarmoqlarda o‘nlab xalqaro ahamiyatga molik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida, shuningdek infratizimni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar, masalan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil va temir yo‘llari barpo etish  rejasi ilgari surilgan.

Shu ma’noda anjuman dasturiga ko‘ra belgilangan masalalar muhokamasi chog‘i ikki tomonlama aloqani mustahkamlash nuqtai nazaridan, Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda yana qanday ishlar amalga oshirish mumkin, degan savolga birgalikda javob izlandi. 

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbir davomida tomonlarning ikki mamlakat keng ko‘lamli hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan muayyan g‘oya, takliflari ilgari surildi.

Mavzuga oid

Toshkentda «YEI - Markaziy Osiyo» siyosi...

8 aprel kuni Yevropa Ittifoqi vakillari, Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘onistonning Belg...

O‘zbekiston Prezidenti issiqxona xo‘jali...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasiga bordi

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga...

Oliy Majlisga Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezid...

So`nggi yangiliklar