Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Iyun/2020   Iqtisodiy diplomatiya

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagida birinchi blok-poyezd ishga tushirildi

TOSHKENT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Shu yilning 5 iyun kuni Gansu viloyatidagi (Xitoy) “Lanchjou” temir yo‘l stansiyasidan "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab elektrotexnika mahsulotlari yuklangan 25 konteynerdan iborat birinchi blok-poyezd Turkmanistonga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manbasiga asoslanib.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining joriy yil yanvar oyidagi Xitoyga tashrifi davomida “Xitoy temir yo‘llari” Davlat korporatsiyasi, Transport vazirligi, Islohotlar va rivojlanish ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Szyansu, Xenan, Shensi, Gansu viloyatlari, Shinjon – Uyg‘ur avtonom tumani (bundan buyon matnda - SHUAT) maʼmuriyati hamda “Lyanyungan” dengiz portida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilgan edi.

Tashrif yakuniga ko‘ra, “Qoshg‘ar - Irkeshtom - O‘sh - Andijon" tranzit qismida avtomobil transportidan foydalangan holda, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab blok-poyezdni birgalikda yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

XXR dengiz portlari va o‘lkalaridan yuklar temir yo‘l orqali yirik transport markazi joylashgan Qoshg‘ar shahriga olib kelinadi. Bu yerda yuk oqimlari jamlanadi hamda yo‘nalishlarida davom etish uchun temir yo‘l transportidan avtomobil transportiga o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Ayni paytda transport yo‘lagining samaradorligini oshirish maqsadida xitoylik sheriklar bilan birgalikda Xitoy hududida yuk tashish uchun chegirmalar joriy qilish, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali konteynerlarni tashishni moslashtirish va Qoshg‘ardagi logistika markazining o‘tkazish qobiliyatini oshirish masalalari ustida ish olib borilmoqda.

Ushbu transport yo‘lagining uzunligi Xorgos va Dostiq (Qozog‘iston) chegara punktlari orqali o‘tgan muqobil yo‘nalishlardan 320 kilometrga qisqaroq. Bu, o‘z navbatida, yuklarni yetkazib berish vaqtini qisqartiradi. Shuningdek, yangi yo‘nalishni xalqaro savdo ishtirokchilari uchun jozibador va raqobatbardosh qilish imkonini taqdim etadi.

Mavzuga oid

O‘zbek diplomatlari Makka Savdo-sanoat p...

O‘zbekistonning Jiddadagi (Saudiya Arabistoni) Bosh konsulxonasi vakillari Makka Savdo-san...

ITSV: O‘zbekiston va Turkiya qishloq va ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

ITSVda energetika, qishloq xo‘jaligi va...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar