23/May/2022 "Dunyo" AA reportaji
BUXORO, 23-may. /“Dunyo” AA/. Buxorodagi birinchi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali doirasida «Bukhara fashion days» modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ko‘kaldosh madrasasi hovlisida tashkil etilgan ushbu tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiyadan kelgan dizaynerlar o‘zlarining yangi to‘plamlarini namoyish etdilar.
Jumladan, Mahfuza Salimova, Irina Sharipova (O‘zbekiston), Aydarxon Kaliyev (Qozog‘iston), Saijalol Maxsumov (Tojikiston), Mirrahim Oposh (Qirg‘iziston), Asuman Ishinar (Turkiya) kabi moda vakillarining liboslari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Buxoro birinchi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali davom etmoqda.