Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Sport

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti: O‘zbekiston jahon chempionatiga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOSHKENT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan dyuzdo bo‘yicha jahon chempionatining asosiy mehmoni sifatida  poytaxtimizga kelgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer boshchiligidagi delegatsiya Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.


Unda dzyudo bo‘yicha jahon chemonatiga so‘nggi tayyorgarlik ishlari  muhokama qilindi.

Marius Vizer mamlakatimiz o‘z tarixida birinchi bor qabul qilayotgan jahon chempionatiga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rayotganini, jarayon kutilganidan ham aʼlo darajada ketayotganini taʼkidladi. Ayniqsa, sportchi va murabbiy, delegatsiyalarning boshqa aʼzolari, xorijiy OAV vakillari uchun yaratilgan sharoitlar, transport-logistika tizimi haqida ijobiy fikrlarni bildirdi.

O‘z navbatida, Adham Ikromov nufuzli musobaqaga tayyorgarlik Prezidentimiz va hukumatimiz nazoratida ekani, uni yuqori saviyada o‘tkazish orqali Yangi O‘zbekistonning imkoniyatini butun dunyoga ko‘rsatish rejalashtirilganini bildirdi. Shuningdek, u dzyudo mamlakatimiz yoshlarining sevimli sport turlaridan ekani, bu kabi yirik turnirlarga mezbonlik qilish orqali yosh avlod vakillarini sportga yana-da keng jalb qilish ko‘zda tutilganini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Xalqaro dzyudo federatsiyasi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, yurtimizda yirik musobaqalarni muntazam tashkil qilish, yoshlar o‘rtasida dzyudo ommaviyligini oshirish kabi istiqbolli masalalar xususida ham atroflicha fikr yuritildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6-13 oktyabr kunlari Toshkentda kattalar o‘rtasida  dzyudo bo‘yicha jahon chempionati  bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

Fotolavhalar: O‘zbekiston bo‘ylab «Yangi...

Bugun mamlakatimizning sakkizta shahrida Yoshlar kuni va Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishla...

«Navbahor» jamoasi Yaponiyaning «Ventfor...

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, yaponiyalik mutaxassis S.Sakuma Namangan viloyatida yoshlar f...

O‘zbekiston vakillari Abu-Dabi shahrida ...

29-oktyabr - 8-noyabr kunlari Abu-Dabi shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha jahon ch...

So`nggi yangiliklar