Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   Ta'lim

XAEA va Avstriya kompaniyasi O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot yadro reaktori tizimini modernizatsiya qiladi

 VENA, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA)ning texnik hamkorlik departamenti Avstriyaning ENCO kompaniyasi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot yadro reaktorining birinchi sovutish konturini yangilash uchun asbob-uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekistonning XAEAdagi missiyasi maʼlumotiga ko‘ra, shartnoma “Yadro xavfsizligini yaxshilash va yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot yadro reaktorining samarali ishlashini kuchaytirish” texnik yordam loyihasi doirasida tuzilgan.

Umumiy qiymati 698 ming yevro bo‘lgan shartnoma reaktorning dastlabki sovutish konturi uchun zamonaviy nasoslar va boshqa uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, mavjud reaktorni boshqarish tizimini birlashtirgan holda masofadan boshqarish tizimini ishga tushirishni ko‘zda tutadi.

2022 yilning kuziga qadar yetkazib berilishi rejalashtirilgan uskunalar yadro reaktori faoliyatining xavfsizligi va ishonchliligini oshiradi.

Shu o‘rinda qayd etish joiz, birgina joriy yilning o‘zida texnik hamkorlik loyihalari doirasida yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot reaktori uchun 100 ming yevrodan ziyod qiymatdagi uskunalar yetkazib berildi.

So‘nggi o‘n yil mobaynida XAEA beg‘araz texnik yordam loyihalari orqali O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot yadro reaktorining eng muhim tizimlarini modernizatsiyalashga ko‘maklashmoqda. Qo‘shma loyihalar doirasida zamonaviy boshqaruv va himoya tizimi joriy etildi, dozimetriya, elektr taʼminoti va favqulodda shamollatish tizimlari yangilandi.

Mavzuga oid

XMT vakillari ishtirokida ish bilan taʼm...

O‘zbekiston Gender tenglikni taʼminlash masalalari bo‘yicha komissiyasi Xalqaro mehnat tas...

Davlat boshqaruvi akademiyasi italiyalik...

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat...

Janubiy Ural davlat agrar universitetida...

Mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Chelyabinsk shahrida bo‘lib...

So`nggi yangiliklar