Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Dolzarb

Vengriya kompaniyalari bilan videomuloqotda O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarining Yevropa bozoriga eksporti bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

VENA, 18-may. /“Dunyo” AA/. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Vengriyaning keng qamrovli mahsulotlar eksporti va importi bilan shug‘ullanadigan «Global Faktor Zrt.» hamda “Urban” kompaniyalari vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Vengriyaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarining ishlab chiqirish zanjiriga O‘zbekiston korxonalarini qo‘shish hamda mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozoriga eksporti hajmini oshirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Videomuloqot mobaynida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Shahzoda Qo‘chqorova Vengriya  tomonini O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishtirar ekan, bu sohada bugungi kunga qadar erishilgan natijalar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlarni o‘rtoqlashdi.

Jumladan, O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida hozirgi kunda respublika to‘qimachilik sohasi tubdan o‘zgargani, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash, tayyor mahsulot tayyorlash klaster tizimi asosida amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, 2021 yilning 9 aprelida O‘zbekiston Yevropa Ittofiqiga qator mahsulotlarni imtiyozli shartlarda yetkazib berish imkonini beruvchi GSP+ dasturiga aʼzo bo‘lgani natijasida YEI mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod etilgani, 2022 yil 1 apreldan boshlab yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni Yevropa mamlakatlariga eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilish tizimi joriy etilganligiga alohida urg‘u berildi.

Bundan tashqari, joriy yil 10 mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi majburiy va bolalar mehnatiga barham berilgani sababli O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykotni olib tashlagani ham alohida qayd etildi.

«Global Faktor Zrt.» kompaniyasi rahbari Peter Noyman O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor to‘qimachilik mahsulotlari o‘z sifati va zamonaviyligi bilan Vengriya bozorida ham o‘z o‘rnini topishi mumkinligini qayd etdi.

Muzokaralar natijasida xorij tomoni O‘zbekiston korxonalarining tijorat takliflariga Vengriyada hamkorlar topishga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bozorida talab etiladigan eng nufuzli halqaro sertifikatlarga ega bo‘lishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Uchrashuv nihoyasida ikki davlat to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ishbilarmon doiralar vakillarining o‘zaro safarlarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Elchi Vitaliy Fen: O‘zbekiston Prezident...

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen O‘zbekiston-Janubiy Koreya ham...

2026 yil yakuniga qadar ishsizlik daraja...

O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqi...

Janubiy Koreyadan munosabat: Toki insoni...

O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi diplomatik munosabatlarining 30 yilligini keng nisho...

So`nggi yangiliklar