Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Dolzarb

Vengriya davlati bilan innovatsiyalar sohasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli sohalari belgilandi


VENA, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Respublikamizda innovatsion rivojlanish sohasida jahon tajribasini tadbiq etish, Yevropa standartlari darajasidagi texnologik parklar barpo etish, ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va qo‘llash hamda mamlakatimiz vakillarining “Planet Budapest 2021 Sustainability Expo and Summit” dasturida ishtirokini taʼminlash doirasida joriy yil 29 noyabr – 2 dekabr kunlari O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida mamlakatimiz innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Vengriyaga tashrifi amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, innovatsiyalar va texnologiyalar vaziri Lazlo Palkovich, sanoat, ilmiy, innovatsion va texnologik parklar assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Moruj, Jismoniy tarbiya universiteti rektori Sterbenz Tamash va Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrashuvlari tashkil qilindi.

Tashqi ishlar va savdo vazirligidagi muzokaralarda tomonlar hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar natijalarini muhokama qildi. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ilmiy-innovatsion sohada hamkorlikni yana-da mustahkamlash maqsadida o‘zbekistonlik olim, tadqiqotchi va sportchilar uchun Vengriyada tahsil olish va ilmiy tadqiqot amalga oshirish uchun 2022 yildan boshlab alohida 20 ta grant ajratilishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Innovatsiyalar va texnologiyalar vazirligida o‘tkazgan uchrashuvida innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan istiqbolli sohalar o‘rganib chiqildi. Xususan, innovatsiyalar yo‘nalishlarda umumiy byudjeti 2 million dollar bo‘lgan ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etish, robototexnika, sunʼiy intellekt, tibbiyot injeneriyasi, qishloq xo‘jaligi va jismoniy tarbiya yo‘nalishida hamkorlik qilish hamda PhD bosqichida tahsil oluvchilar uchun “Hungaricum” dasturiga qo‘shimcha 50 kishilik kvota ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri akademik Ibrohim Abdurahmonovga Obuda Universiteti Faxriy professori unvoni topshirildi.

Sanoat, ilmiy, innovatsion va texnologik parklar assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Vengriya ilmiy va texnologik parklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida kinem...

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha olib boril...

O‘zbekiston Prezidenti: Bugun o‘z tengdo...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakat...

O‘zbekiston rahbarining Oliy Yevroosiyo ...

Pokistonning «Daily Spokesman», «National Herald Tribune», «Pakistan in the World», «Pakis...

So`nggi yangiliklar