Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/May/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Euromoney 2022» forumi doirasida «O‘zbekistonning birinchi ommaviy takliflari (IPO)» mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

VENA, 26-may. /“Dunyo” AA/. Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov boshchiligidagi O‘zbekiston  delegatsiyasi 24-25 may kunlari Avstriya poytaxtida tashkil etilgan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun «Euromoney 2022» forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Forum doirasida «O‘zbekistonning birinchi ommaviy takliflari (IPO)»  mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan bank, moliya va investitsiya tuzilmalarining 70 nafardan ortiq vakillari ishtirokida tashkil etilgan mazkur davra suhbatida mamlakatimiz kompaniyalarining salohiyati va qimmatli qog‘ozlarni birlamchi ommaviy joylashtirish (Initial Public Offering – IPO) bo‘yicha o‘rta muddatli strategiya taqdim etildi.  

Taqdimotda “O‘zavtosanoat”, “O‘zmetkombinat”, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksionerlik jamiyatlari kabi korxonalarning asosiy aksiyalarini xalqaro fond birjalarida joylashtirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari va rejalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekistonning kapital bozori istiqbollari, sarmoyaviy salohiyati, shuningdek, diversifikatsiyalangan iqtisodiyotga ega ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjiga alohida eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchilar respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berishar ekan, Yevropa bank-moliya tuzilmalari O‘zbekistonni mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy jihatdan eng barqaror, Yevroosiyo qitʼasidagi so‘nggi vaziyatning salbiy oqibatlaridan eng kam zarar ko‘rgan davlat, deb hisoblashlarini taʼkidlashdi.

Markaziy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari moliya institutlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida «Raiffeisen Bank», “OeKB” (Avstriya), «Intesa Sanpaolo» (Italiya), «Societe Generale», “Natixis” (Fransiya), «Standard Chartered Bank» (Buyuk Britaniya) singari 15ga yaqin xalqaro moliya tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar ham o‘tkazildi.

Mavzuga oid

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirlig...

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspe...

Kanada kon-metallurgiya kompaniyalari O‘...

O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov, Davlat geologiya va mineral res...

Hindistonlik tadbirkor: O‘zbekistonda in...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Uttar-Pradesh shtatida joylashgan «G....

So`nggi yangiliklar