Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2022   Sport

Velosportni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida Velosportni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, videokonferensaloqa tarzida o‘tgan mazkur yig‘ilishda Velosportni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi aʼzolari, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari ishtirok etdi.

Unda mamlakatimiz Prezidentining «Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi, xususan, velosport turlarini aholi o‘rtasida ommaviyligini oshirish, Milliy terma jamoa aʼzolarini Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, Osiyo chempionatlari, Jahon chempionatlari va kuboklari hamda boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishi, yuqori natijalarga erishishini taʼminlash kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida paravelosport turlarini ommaviyligini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash va  saralash bo‘yicha federatsiya hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini taʼkidlar ekan, yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalangan yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda o‘z iqtidorlarini ko‘rsatib, 2022 yili Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Para Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallaganini alohida qayd etdi.

Umuman, 2022 yilda terma jamoa aʼzolari nufuzli xalqaro musobaqalarda 50 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jumladan, terma jamoa Islom birdamligi o‘yinlarida ham umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, UCIning Osiyo qitʼasi reytingida «Tashkent City Women Professional Cycling Team» jamoasi 1-o‘rinni (Dunyo reytingida 20-o‘rin), «Tashkent City Professional Cycling Team» jamoasi 3-o‘rinni (Dunyo reytingida 40-o‘rin) egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya  davlatimiz rahbarining farmoni bilan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Velosport rivoji uchun hududlarda tegishli infratuzilmani rivojlantirish ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, Jizzax shahridagi Sangzor ko‘li hududida dunyo andozalariga javob beradigan BMX sport majmuasi barpo etildi va unga Xalqaro velosipedchilar ittifoqi tomonidan Sertifikat topshirildi.

2022 yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tog‘ xududida velosportning “MTV” tog‘ velosporti ekstrimal turi bo‘yicha Xalqaro velosipedchilar uyushmasi (UCI) talablariga javob beradigan xalqaro velosport musobaqalari o‘tkazishga mo‘ljalangan 5.5 km masofadagi birinchi velosiped yo‘lagi (trassa) xalqaro mutaxasislarni jalb qilgan holda  barpo etildi.

Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etildi.

Yig‘ilishda sport-taʼlim muassasalarini velosport turlari bo‘yicha davlat va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash masalasi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi O‘zbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Hududlarda velosport turlariga ixtisoslashgan turli sport majmualari qurilishi bo‘yicha rejalarning bajarilishi bilan bog‘liq holatlar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida velosport turlarini hududlarda rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston chavandozlari AQSHda bo‘lib ...

Bishkekda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevroosiyo ligasining jahon kubogi hamd...

Ispaniya: Madrid Samarqand yarimmarafoni...

Ispaniya poytaxtida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Samarqand yarimmarafoni xayriya tad...

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Ja...

Kecha poytaxtimizda Gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘...

So`nggi yangiliklar