Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Aprel/2022   "Dunyo" AA reportaji

Vazir Yosimasa Xayasi: Yaponiya hukumati Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda

TOSHKENT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayaci boshchiligidagi delegatsiya bugun O‘zbekistonga ikki kunlik tashrifini yakunladi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbirlari Zafar Yo‘ldoshqulov va Anvar Ilyosov (foto).


Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston-Yaponiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingani tashrif dasturining eng muhim voqeasi bo‘ldi.

29 aprel kuni mehmonlar O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

Bugun ertalab vazir Yoshimasa Xayasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Yaponiya tashqi ishlar vazirini Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, universitet rektori Sodiq Safoyev kutib oldi. Tantanali marosimda Sodiq Safoyev oliy bilim yurti Ilmiy kengashining vazirga universitet faxriy doktori unvonini berish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi va unga tegishli diplomni tantanali ravishda topshirdi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ham tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, tinchlik, farovonlik va ozodlik ramzi bo‘lgan majmua bilan tanishdi.

Yuqori martabali mehmon poytaxtimizdagi “Fozil-ota” yodgorlik majmuasi va ko‘chirib kelingan yapon harbiylari muzeyiga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushidan keyin O‘zbekistonga olib kelingan vatandoshlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tashrif yakunida poytaxtimiz markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurildi. Vazir teatr binosidagi zallar, jumladan, binoni qurilishida qatnashgan yaponiyaliklar sharafiga 2015 yilda o‘rnatilgan xotira lavhasi bilan tanishdi, shuningdek,  jamoa rahbariyati va ijodiy xodimlar bilan uchrashdi, repertuar bilan qiziqdi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Toshkentdan jo‘nab ketish oldidan “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekistonga tashrifi yakunlarini sarhisob qildi.

– Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Yaponiya-O‘zbekiston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirishning keng ko‘lamli dolzarb masalalarini muhokama qildik.

O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishganidan buyon iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat va ekologiya sohalaridagi munosabatlarimiz jadal sur’atlarda rivojlanmoqda va hali foydalanilmagan katta salohiyatga ega.

Biz O‘zbekiston izchil rivojlanayotgani, jahon miqyosida o‘z mavqeini mustahkamlab borayotganidan juda xursandmiz. O‘z navbatida, Yaponiya hukumati Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirmoqchiman.

 Yoshinori Fujiyama, Yaponiya elchisi:

– Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari so‘nggi 12 yil ichida O‘zbekistonga birinchi marta keldi. Tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va strategik sheriklik munosabatlarining 20 yilligi nishonlanadigan yilda amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish va uni yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat bo‘ldi.

Vazir diplomatik missiyamiz zimmasiga yangi vazifalar yukladi va yangi maqsadlarni belgilab berdi. Biz Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni bajaramiz.

Mavzuga oid

Adliya vazirligida YEXHT DIIHB bilan say...

Mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Ouen Merfi boshchiligidagi YEXHT DIIHB delegatsiyasi ...

Fotoreportaj: «INNOPROM. O‘zbekistonda k...

5-7 aprel kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz»da birinchi marta «INNOPROM. O‘zbek...

Toshkentda bo‘lgusi diplomatlar Navro‘z...

Bugun Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Navro‘z...

So`nggi yangiliklar