Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Vatandosh: Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish amalga oshirilayotgan islohotlarni tizimli v ortga qaytmasligini taʼminlash uchun hayotiy zaruriyatidir

TEHRON, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Turizm departamenti rahbari, hamyurtimiz Jasur Rajabov “Dunyo” AA uchun intervyusida   O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlardan ko‘zlangan maqsadni eʼtirof etdi.


– Tarixdan maʼlumki, har bir davlat evolyutsion rivojlanishining muayyan bosqichlarida o‘zining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Ayni paytda dunyoda jadal kechayotgan voqealar, xususan, turli kuch markazlarining geosiyosiy qarama-qarshiligi, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat, energiya resurslarining yetishmasligi, pandemiya bilan bog‘liq tahdidlar, shuningdek, ilm-fandagi so‘nggi yutuqlar, texnologiya va axborot kommunikatsiyalarining rivojlanishi bizdan mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni belgilashni talab qilmoqda.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda iqtisodiyot, inson huquqlari, adolat, so‘z va eʼtiqod erkinligi, ijtimoiy himoya, qo‘shni davlatlar bilan tashqi siyosat va boshqa sohalarda qator izchil islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonlarni tizimli va ortga qaytmasligini taʼminlash uchun ularni Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yish hayotiy zaruratga aylanayotir.

Respublikamiz ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi matni bilan tanishib, unda inson qadr-qimmatiga alohida eʼtibor qaratilganiga amin bo‘ldim. Xususan, loyihaning 20-moddasi qonun hujjatlaridagi odamlar va davlat organlarining o‘zaro hamkorligidan kelib chiqadigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar shaxs foydasiga talqin etilishining yaqqol tasdig‘idir.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartishlar orasida, nazarimda, yana bir jihat muhim: atrof-muhit musaffoligi, uni muhofaza qilishga eʼtibor. Muqaddimada ekologiya, Orolbo‘yi ekologik tizimini muhofaza qilish, fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsirlarning oldini olish, shaharsozlik sohasida davlat mexanizmini joriy etish masalasini ko‘rsatish juda dolzarbdir.

Mavzuga oid

Tojikiston OAV O‘zbekistonda konstitutsi...

Tojikistonning “Asia-Plus” axborot agentligi tomonidan «O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsi...

Fransiyadan munosabat: Konstitutsiyani i...

Fransiyada Temuriylar tarixi va sanʼatini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Frederik B...

Misrdagi vatandoshlar O‘zbekiston Konsti...

Kecha mamlakatimizning Qohira shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 26-referendu...

So`nggi yangiliklar