Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2023   Fakt

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan navbatdagi beshinchi turkum dori vositalari Misrdan O‘zbekistonga yetkazib berildi

QOHIRA, 28-may. /“Dunyo” AA/. Kecha «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimiz uchun  insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan С gepatitiga qarshi Daklatasvir dori vositasining beshinchi  turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ushbu insonparvarlik ko‘magi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi va «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Insonparvarlik yuklarining  yurtimizga olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yana-da jadallashtirish, virusologiya jabhasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida ilgari erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

Umumiy hajmi 17 mingdan ortiq “Daklatasvir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar o‘rtasida  taqsimlanadi.

Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 2023 - 2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollar hajmidagi 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini yurtimizga bepul yetkazib berish bo‘yicha  kelishuvlarga erishilgan.

Mavzuga oid

Samarqandda TDTga aʼzo davlatlar taʼlim...

Bugun Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti taʼlim vazirliklari masʼul ishchi guruhlar...

Butunjahon turizm tashkiloti rahbari tas...

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili kecha tashrif bilan ...

Rishton Turkiy xalqlar hunarmandchiligi ...

Farg‘ona vilotining Rishton tumani joriy yil 12–14 may kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiy xal...

So`nggi yangiliklar