Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   Sanalar

Ukrainadan tabrik: Konstitutsiya qabul qilinishi bilan O‘zbekiston suveren, kuchli va obro‘li davlat sifatida maydonga chiqdi


 KIYEV, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Kiyev siyosiy tadqiqotlar va konfliktologiya markazi eksperti, falsafa fanlari nomzodi Anton Finko “Dunyo” axborot agentligi orqali Ukrainadan o‘z tabrigini yo‘lladi:

- Bundan 29 yil avval barcha postsovet mamlakatlari juda jiddiy muammolar, ekstravagant va qiyin vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan sinovli vaziyatga tushib qolgan edi.

Lekin ana shunday sharoitda Konstitutsiyaning qabul qilinishi butun O‘zbekiston jamiyatining mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tish va yangi davlat qurish yo‘lidan borish qatʼiyatini ko‘rsatdi.

O‘tgan davrda O‘zbekiston suveren, kuchli va obro‘li davlat sifatida shakllandi. Uning Konstitutsiyasi esa alohida ahamiyatga ega, chunki u ulkan axloqiy va maʼnaviy salohiyatga, ajoyib madaniy merosga ega va yangi muhim yutuqlarga intilayotgan ushbu mamlakat hayotining huquqiy asosini belgilab beruvchi eng oliy hujjat ekanini amalda tasdiqladi.

Mavzuga oid

Belgiyadan munosabat: Dunyoning qaysi bu...

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizni...

Italiyadagi yurtdoshimiz: O‘zbekiston ko...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan Italiyanin...

So`nggi yangiliklar