Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Ukrainadan munosabat: O‘zbekistonda qo‘shimchalar kiritilgan Konstitutsiyaning qabul qilinishi ko‘rinishidagi demokratik o‘zgarishlar mamlakatning yana-da rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi

 KIYEV, 27-mart. /“Dunyo” AA/.  Ukrainalik siyosatshunos, falsafa fanlari nomzodi Anton Finko O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqidagi fikrlarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


– O‘zbekiston ayni paytda zamonamizning o‘ta murakkab tashqi chaqiriqlari sharoitida shakllanayotgan o‘zgarishlarning maqbul milliy modelini izlayotgan davlatdir.

Umumxalq ovoziga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining afzalliklari, birinchi navbatda, ijtimoiy barqarorlikni saqlashning birlamchi ahamiyatini tushunishdir. Loyiha, bir tomondan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat maqomini tasdiqlaydi. Bu juda muhim jihat. Zero, iqtisodiyotni liberallashtirish, eng avvalo, ishbilarmon doiralar tomonidan olqishlanmoqda. Fuqarolik-siyosiy liberallashtirish, birinchi navbatda, ilg‘or va ijtimoiy faol milliy ziyolilarning umidlariga javob beradi.

Ikkinchidan, loyihada mahallaning fuqarolik jamiyati tuzilmasi sifatidagi mavqeiga oydinlik kiritilishi ahamiyatli ko‘rinmoqda. Shu bilan birga, mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi qayd etilgan. Zamonaviy mahalla shaharning o‘zini o‘zi boshqaradigan mahalla jamoasi sifatida kelajakda mahalliy darajada tashkil etilayotgan demokratik jarayonni yana-da rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega.

Uchinchidan, loyihada O‘zbekistonning dunyoviy davlat maqomi tasdiqlanishi eʼtiborga loyiqdir. Hech kimga sir emaski, bir qator mamlakatlarda turli radikal faol guruhlar jamiyat oldida monopoliya yoki diniy tafakkur va  etnik-madaniy tanlovning eng izchil vakili sifatida namoyon bo‘lishga intilmoqda. Shu bilan birga, manipulyatsiya holatlarida jamiyat himoyasiz bo‘lishi mumkin. Dunyoviy davlat maqomi esa  maʼnaviy va siyosiy monopoliyaga daʼvolar ko‘rinishidagi bunday manipulyatsiyalarni to‘xtatish imkonini beradi.

To‘rtinchidan, hujjat muqaddimasida, jumladan, O‘zbekiston xalqi jahon va islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarning madaniy merosiga tayanishi qayd etilgan. Bu mutlaqo to‘g‘ri yondashuv. Dunyoga Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab maʼnaviyat nurlari, ko‘zga ko‘ringan davlat arboblariga beshik bo‘lgan yurt buyuk ajdodlar shaʼnini asrab-avaylaydigan, shon-shuhratini oshiruvchi davlat sifatida o‘zining milliy g‘ururini, jahonda o‘z o‘rnini mustahkamlab olishga haqli.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning o‘zgartishlar kiritilayotgan Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarzidagi navbatdagi demokratik islohotlar mamlakatning xalqaro faoliyatning masʼuliyatli va teng huquqli ishtirokchisi sifatida yana-da rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishiga ishonchim komil.

Mavzuga oid

Dubayda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy q...

Mamlakatimizning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi huzurida tashkil etilgan 6-referendum ...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: O‘zbek...

Jidda shahridagi Islom taraqqiyoti banki instituti moliyaviy tahlilchisi, vatandoshimiz A...

Malayziyadagi vatandosh: Konstitutsiyavi...

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘...

So`nggi yangiliklar