Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Ukrainadan munosabat: Konstitutsiyaviy islohotlar shaxs va uning huquq-erkinliklarini birinchi darajaga ko‘tarish va davlat idoralarini fuqarolarning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishga faol safarbar etishni ko‘zlagan

KIYEV, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning yetakchi “Vesti” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari Taras Kozub “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga oid fikr-mulohazalarini bayon qildi.


– Men siyosiy ekspert sifatida xorijiy davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boraman.

Xususan, O‘zbekiston konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hozirgi zamonning talablariga to‘liq javob beradi hamda respublikaning demokratik davlatlar qatoridan o‘zining munosib o‘rnini egallashini taʼminlaydi.

Kuzatishimcha, asosiy o‘zgarishlar shaxs va uning huquq-erkinliklarini birinchi darajaga ko‘tarish va davlat idoralarini fuqarolarning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishga faol safarbar etishni ko‘zlagan. Jumladan, «Miranda qoidasi» va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirilishi ushbu fikrlarimning tasdig‘idir.

Bundan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi, korrupsiyaga qarshi kurash idoralarining mustaqilligini taʼminlash va detsentralizatsiya tizimini kuchaytirishga qaratilgan moddalar eʼtiborimni o‘ziga tortdi.

O‘zbekiston fuqarolari mazkur islohotlar jarayonida faol qatnashib, Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishiga ishonchim komil.

Mavzuga oid

Hindistondan munosabat: O‘zbekistondagi...

Hindistonning «Vivekananda xalqaro fondi» tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Pravesh Gupt...

Erondagi vatandosh: Yangi O‘zbekistonda ...

Eronning “Jamoatul Mustafo” xalqaro universitetida tahsil olayotgan vatandoshimiz Husan Sa...

Konstitutsiyaviy islohotlar erkin haraka...

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi Sohipjamol Jol...

So`nggi yangiliklar