Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Turkiyadan munosabat: xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilarning ishtiroki O‘zbekistonda ochiq, shaffof va demokratik saylov o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega


ANQARA, 9 sentabr. /“Dunyo” AA/. Turkiyadagi «SASAM» strategik tadqiqotlar markazining rasmiy veb-sahifasida “Saylovlarga hozirlik: xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Internet portalning yozishicha, yaqinda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif chog‘ida ushbu Byuro missiyasi joriy yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – Prezident sayloviga tayyorgarlik bo‘yicha talablarga baho berish uchun O‘zbekistonga kelishi ma’lum bo‘ldi. 
Maqolada qayd etilganidek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilarning ishtiroki O‘zbekistonda ochiq, shaffof va demokratik saylovlarni o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina mamlakatlarda saylovlar borishini kuzatish insonning siyosiy huquqlari ta’minlanishining muhim jihati hisoblanadi. 
O‘zbekistonning Saylov kodeksida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari saylovlarga tayyorgarlik va ularning o‘tkazilishi jarayonlaridagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari hamda saylov kuni saylov uchastkalarida ovozlar sanalishida qatnashishlari mumkinligi nazarda tutilgan, deb yozadi portal.  
“O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlarda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining soni ortib ayo kuzatilmoqda: agar 2016 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 555 nafar (2015 yili 296 nafar) xorijiy kuzatuvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2019 yilgi parlament saylovida ularning soni 825 nafarni (2014 yili 331 nafar) tashkil etdi. Bu O‘zbekistonda saylovlar tub o‘zgarishlar va demokratik islohotlar, yangi siyosiy muhit sharoitida o‘tayotganidan dalolat beradi. Bu esa xalqaro hamjamiyatning katta e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda”, deya ta’kidlaydi «SASAM» strategik tadqiqotlar markazining veb-portali.

Mavzuga oid

Malayziyada O‘zbekiston Prezidenti saylo...

Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti s...

Markaziy saylov komissiyasida barcha bes...

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi,

Turkiyada O‘zbekiston Prezidenti saylovi...

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan joriy yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi...

So`nggi yangiliklar