Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Dolzarb

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirishga zamin yaratdi

ANQARA, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/.  “EkoAvrasya” Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Hikmet Eren (Turkiya) “Dunyo” uchun bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidentining 4 oktyabr kuni nihoyasiga yetgan Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlarini quyidagicha sharhladi:


– O‘zbekiston rahbarining Vengriyaga rasmiy tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Prezidenti K. Novak bilan bo‘lgan samarali uchrashuvini katta qiziqish bilan kuzatdim. Unda O‘zbekiston va Vengriyaning ko‘p qirrali strategik hamkorligi munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol iqtisodiy siyosati tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb uch barobar oshgani, qo‘shma korxonalar soni va sarmoya hajmi ortib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.

Vengriya sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan Yevropaning eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biri hisoblanadi.

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Yaqin kelajakda ishga tushiriladigan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma jamg‘armaning tashkil etilishi, shuningdek, O‘zbekistonda faqat Vengriya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratilib, uni barcha zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlashi ikki davlat ishbilarmon doiralari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan amaliy qadamdir.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining “GSP+” preferensiyalar tizimiga kiritilishi O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini sezilarli darajada oshirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, tomonlarning foydalanilmagan salohiyatidan unumli foydalanish uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda.

Mavzuga oid

Xalqaro maslahatchi Alfred Guzenbauer: Y...

Avstriyaning sobiq federal kansleri, xalqaro maslahatchi Alfred Guzenbauer “Dunyo” axborot...

Yevroparlament deputati Terri Mariani: O...

Yevroparlament deputati Terri Mariani “Dunyo” axborot agentligi uchun Prezident Shavkat Mi...

Seuldan munosabat: O‘zbekiston ekologik ...

“Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik-2030» (Partnering for Green Growth and ...

So`nggi yangiliklar