Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Dolzarb

Turkiyadan munosabat: Davlat tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mavjud ulkan salohiyatdan unumli foydalanishiga, ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga xiz

ANQARA, 19 avgust. /«Dunyo» AA/. «EkoAvrasya» Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Hikmet Eren (Turkiya) O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” axborot agentligiga quyidagicha sharhladi:


- Prezident Shavkat Mirziyoyevning oqilona xalqaro siyosati tufayli O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikning mutlaqo yangi bosqichiga ko‘tarildi, salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi, so‘nggi yillarda tovar ayirboshlash hajmi o‘sdi, shu jumladan “yashil” iqtisodiyotga asoslangan iqtisodiy hamkorlikning yangi qirralarini shaklllantirishga erishildi.

O‘zbekiston Prezidentining 30 yil ichida Saudiya Arabistoniga birinchi davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi  Muhammad bin Salmon ol Saud bilan Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarini katta qiziqish bilan kuzatdim. Tomonlar siyosiy sohadagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro savdo tarkibini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qildi.

Ayniqsa, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida O‘zbekiston hududlarida transport, suv ta’minoti, elektr tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy  sohalarida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani ahamiyatga molik.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining «Acwa Power» kompaniyasi bilan birgalikda 2,6 milliard dollarlik yirik energetika loyihalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgani hamda «Sabic» kompaniyasi bilan kimyo sanoatida hamkorlik o‘rnatilganini hisobga olib, energetika va neft kimyosi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sammit davomida erishilgan kelishuv O‘zbekiston iqtisodiyotining ushbu tarmoqlarini yanada rivojlantirishga ijobiy turtki beradi.

O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar Kengashi yig‘ilishi yakunlari juda samarali bo‘lib, unda energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, transport sohalarida 14 milliard dollardan ziyod bitim va shartnomalar imzolandi.

Davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikka oid 15 ta hujjatning imzolangani O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni mavjud ulkan salohiyatdan unumli foydalanishiga, ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida B...

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, olim va shoir, shoh va sarkarda Zahiriddin ...

Ashita Mittal: “Bugungi yoshlar O‘zbekis...

BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi, BMTning Giyohv...

Belgiyadan munosabat: Vengriya bilan str...

«Volt» Umumevropa siyosiy partiyasining Belgiya bo‘linmasi kommunikatsiyalar bo‘limi hamra...

So`nggi yangiliklar