Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Avgust/2022   Madaniyat

Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kechasi o‘tkazildi

ANQARA, 12-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Istanbuldagi  Bosh konsulxonasi tomonidan “O‘zbekiston madaniyati – hamkorlik va birdamlik jamiyati” (“Özbekistan kultur dayanışma ve işbirliği derneği”) va TURKSOY tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekiston madaniyat kechasi” tadbirini uyushtirdi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turkiyaning “Gelecek” (“Kelajak”) va “İyi” (“Yaxshi”) partiyalari, “Turkmaniston jamiyati” vakillari hamda Istanbulda yashayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida o‘tkazilgan mazkur madaniy tadbirda Farg‘ona filarmoniyasi sanʼatkorlari va xonanda Otabek Muhammadzohid ijrosidagi madaniy dastur namoyish etildi.

Bosh konsul Amirsaid Aʼzamxo‘jayev va “O‘zbekiston madaniyati – hamkorlik va birdamlik jamiyati” rahbari Chokay Kochar o‘z nutqlarida O‘zbekistonda xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, vatandoshlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni kuchaytirish, turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdilar.

Mavzuga oid

Toshkentda italyan mumtoz musiqasi kecha...

Bugun Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida italiyalik mashhur opera arti...

​Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashg...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islom olamida katt...

Misrning nufuzli kinokompaniyasi “Ipak y...

Mamlakatimiz elchixonasida Misrning nufuzli kinokompaniyalardan biri -“Synergy Films” vak...

So`nggi yangiliklar