Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

Turkiya OAV O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida

ISTANBUL, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning mashhur “EnPolitik” veb-saytida «O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprelda yangilanayotgan Konstitutsiya referendumga taqdim etiladi» sarlavhali tahliliy sharh eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston Konstitutsiyasi yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lishi qayd etilgan. «Konstitutsiyaviy qonun loyihasi jamoatchilik takliflari, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida shakllantirildi, - deyiladi nashrda.- Qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida jami 222 715 ta takliflar kelib tushgan va ular asosida loyiha takomillashtirib, maromiga yetkazildi, xususan, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy oldi».

Nashrda taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Bosh qomus taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyiha tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotir.

«O‘zgartishlar kiritilayotgan Asosiy qonunda O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qo‘yilmoqda. Ushbu konstitutsiyaviy qoidalar zamirida mamlakat mustaqilligini asrab-avaylash va yana-da mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va erkin Vatan qoldirish, xalq manfaatlari ko‘zlangan islohotlar yo‘lidan ortga qaytmaslik, qonun va adolat ustuvorligi, insonga eʼtibor va g‘amxo‘rlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo‘lib, ular davlatchilikning tamal toshi sifatida mustahkamlanmoqda», deb qayd etadi manba.

Shuningdek, maqolada Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanayotgani urg‘ulangan. «Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda. Ilk marotaba davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda», deya taʼkidlaydi turk nashri.

Turkiya OAVda qayd etilganidek, Konstitutsiyada insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilmoqda. «Ilk marotaba yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron xabarlar va boshqa xabarlarni sir saqlash huquqi faqat sudning qaroriga asosan cheklanishi mumkinligi belgilanyapti. Shaxs qarindoshlarining sudlanganligi asosi bilan huquqlari cheklanishi mumkin emasligi qatʼiy belgilanishi inson o‘zining yaqinlari yo‘l qo‘ygan xatolar uchun javob bermasligini taʼminlaydi», deb yozadi “EnPolitik”.

Mavzuga oid

Xitoydagi vatandosh: Konstitutsiyaviy is...

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchra...

YEXHT DIIHB missiyasi Markaziy saylov ...

Mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik insti...

Pekindan munosabat: Konstitutsiyaning ya...

Sue Fuchi, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiy...

So`nggi yangiliklar