Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Tarix

Turk tarixchisi: Inson hayoti davomida borib ko‘rishi shart bo‘lgan 5 shahardan ikkitasi O‘zbekistonda joylashgan

ANQARA, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Turkiyaning ommabop https://www.tv100.com veb-saytida taniqli turk tarixchisi, professor Ilber O‘rtaylining «Ko‘rmasdan turib hayotdan o‘tmang» (Görmeden ölmeyin) sarlavhali maqolasi  e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Maqolada inson hayoti davomida borib ko‘rishi shart bo‘lgan dunyodagi beshta shahar haqida ma’lumot berib o‘tgan.

E’tiborlisi, turk tarixchisi tuzgan ro‘yxatda O‘zbekistonning ikkita shahri - Samarqand va Buxoro kiritilgan.

Materialda jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan qadimiy shaharlardan biri - Samarqand 2001 yilda YUNЕSKO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani ta’kidlangan. “Shaharning muhtasham inshootlari, muzeylari, masjid va madrasalari har qanday didi nozik sayyohni ham hayratga soladi, - deb yozadi muallif. - Ming yillar davomida forslar, arablar va turkiy qavmlar hukmronligi ostida bo‘lgan Samarqand o‘ziga xos madaniyatlar chorrahasini o‘zida ifodalagan”. 

Professor Ilber O‘rtayli o‘z maqolasida Buxoro shahrini ham alohida e’tirof etgan. «O‘zbekistonning eng muhim madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroning har go‘shasidan tarix ifori ufurib turibdi. Makka va Quddusdan keyin eng muhim islom markazlaridan biri bo‘lgan ushbu qadimiy kent me’moriy inshootlari, karvonsaroylari, masjid va madrasalari bilan ziyoratchilarni kutmoqda», - deb yozadi u.

Maqolada, shuningdek, Florensiya, Rim va Quddus shaharlarini ham  borib ko‘rish tavsiya etilgan.

Mavzuga oid

Turk tarixchisi: Inson hayoti davomida b...

Turkiyaning ommabop https://www.tv100.com veb-saytida taniqli turk tarixchisi, professor I...

Eronlik olim Amir Temur tavalludining 68...

Eronning taniqli tarixchi olimlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonid...

Amir Temur o‘g‘lonlari, Jaloliddin Mangu...

Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini...

So`nggi yangiliklar