Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   Media

Transafg‘on transport yo‘lagi yaratilishi Belgiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida


BRYUSSEL, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Niderlandiyaning «Diplomat Magazine» jurnali saytida transafg‘on transport yo‘lagini yaratish istiqbollariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Material muallifi O‘zbekiston tomonidan so‘nggi besh yil davomida qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan yangi mintaqaviy siyosat doirasida Afg‘oniston bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilanganini taʼkidlagan. O‘zbekiston doimo qo‘shni davlatdagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirish tarafdori bo‘lib kelgan. Zero bunga erishish mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi sarmoyalar jalb etish va tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish uchun yana-da qulay imkoniyatlar yaratadi.

Nashr Afg‘oniston hududida transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish sharqdan g‘arbga va shimoldan janubga eng qisqa masofalarda qitʼalararo transport yo‘laklarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishini qayd etgan.

“Termiz - Mozori Sharif – Kobul - Peshovar temir yo‘lining qurilishi Markaziy va Janubiy Osiyoning tranzit salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaradi, yuklarni tashish vaqti va narxini sezilarli darajada kamaytiradi”, - deb yozadi muallif.

Maqolada mazkur temir yo‘l strategik ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun Pokistonning  Hind okeanidagi portlariga chiqish imkoniyatini taqdim etishi hamda Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyatini sezilarli darajada oshirishi qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ...

O‘mon sultonligida chop etiladigan «Asdaa Oman» gazetasining veb-sahifasida Buxoro shahrid...

O‘mon gazetasida O‘zbekiston iqtisodiyot...

O‘monning «Asdaa Oman» gazetasi sahifasida «Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston...

O‘zbekistonning energetika sohasidagi is...

«New Europe» - Yevropa yangiliklar portalida O‘zbekistonning energetika sohasida hayotga ...

So`nggi yangiliklar