Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2022   Jamiyat

Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutsionalizatsiya qilish va mediada gender sezgir obrazlarni yaratishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

TOSHKENT, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) ko‘magida «Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutsionalizatsiya qilish. Mediada gender sezgir obrazlarni yaratish» mavzusida tajriba va bilim almashishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda Oliy Majlis Senati raisi – Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – BMTning Jenevadagi vakolatxonasi Bosh direktori Tatyana Valovaya, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva, BMT doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sharlotta Adrian, tegishli davlat organlari va nodavlat sektor vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Konferensiyada gender zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish zarurati, xotin-qizlar huquqlarini institutsional himoya qilishda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tegishli qo‘mitaning roli, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ayollarni himoya qilish mexanizmlari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tanzila Norboyeva o‘z so‘zida masalaga eng avvalo taʼlim sohasidagi vazirlarning eʼtiborini qaratib, «taʼlim tizimining barcha bosqichlarida — bog‘chadan boshlab to oliy taʼlim tizimigacha uzviylikni taʼminlagan holda, bir-birimiz bilan yaqin hamkorlikda o‘quv jarayonida gender tenglik, zo‘ravonlikka murosasizlik va barqaror rivojlanish maqsadlarining boshqa yo‘nalishlarini bolalarimiz ongiga qiziqarli dasturlar orqali yetkazib borishni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Mana shunda biz har tomonlama komil insonlarni tarbiyalashga erishamiz. Aynan shunda bizga reabilitatsiya markazlari, ishonch telefonlari kerak bo‘lmay qoladi» deya taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan OAV faoliyatida ayollar va erkaklar teng huquqliligi kafolatlarini taʼminlash, jumladan, gender kadrlar tengligidan axborotni taqdim etishgacha bo‘lgan barcha nuqtai nazarlar ko‘rib chiqildi.

 Konferensiya yakunida O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid

Toshkent shahri uchun elektrobuslar soti...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasining “A...

O‘zbekistonda so‘nggi oy mobaynida eng k...

Joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonda 79,7 ming bola tug‘ilishi qayd etilgan, ularning 19...

Mustaqillik kuni oldidan afv e’lon qilin...

O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 27 avgustdagi «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayo...

So`nggi yangiliklar